“BESh TOM” OVULIDA SUD RAISLARINING SAYYoR QABULI OʻTKAZILDI
Mamlakatimizda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirishga doir qonun hujjatlari qabul qilinib, ijrosi taʼminlanmoqda. Aholiga mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, oʻz huquq va burchlarini toʻliq anglab yetishlarini taʼminlash maqsadidagi chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
21-fevral kuni “Besh tom” ovulida tuman Iqtisodiy sudi raisi Oʻ. Sobirov hamda Jinoiy ishlar boʻyicha Xoʻjayli tumani sudi raisi Sh.Shamambetovlarning sayyor qabuli oʻtkazildi. Ovul aholisiga shu yil Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka jazo muqarrarligi, ularning oldini olish, har kim oʻz huquq va burchlarini toʻliq anglab yetishi lozimligi keng tushuntirildi. Davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini yuksaltirish, shaxsiy ehtiyojlar hamda jamiyat ehtiyojlari oʻrtasidagi muvozanatning saqlanishini taʼminlash borasida Prezidentimizning mazkur Farmoni ijrosi muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidlab oʻtdilar.
Sayyor qabulda ovul fuqarolari tomonidan sodir etilgan yoʻl-harakati hodisalari bilan bogʻliq jinoyatlar haqida maʼlumot berilib, ularning oldini olish choralarini koʻrish kerakligi tushuntirildi. Shuningdek, ovul fuqarolarining savollariga batafsil javoblar berildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶