ODAMLAR HAYoTIGA XAVF TUGʻDIRADIGAN DAYDI ITLAR YOʻQ QILINDI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi “Qarovsiz qolgan itlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 202-sonli qarori va Qoraqalpogʻiston Respublikasi epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining 2019-yil 25-yanvardagi yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida 2019-yilning 25-yanvaridan 25-fevraligacha “Quturish kasalligiga qarshi kurashish oyligi” deb eʼlon qilingan edi.
Mana shu oylik davomida Amudaryo tumanida tuman veterinariya boʻlimi tomonidan 2460 bosh it quturish kasalligiga qarshi profilaktik emlandi va klinik koʻrikdan oʻtkazildi. Shundan 1021 bosh it birlamchi roʻyxatga olinib, ularga guvohnoma berildi, bu davrda 1439 bosh it qayta roʻyxatga olindi.
Oylik davomida 103 bosh egasiz daydi itlar ximiyaviy yoʻl bilan yoʻq qilindi.
Ayni kunda tumanning barcha ovul va mahallalaridagi aholi oʻrtasida quturish kasalligidan saqlanish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, DSENM, markaziy shifoxona, veterinariya boʻlimi, obodonlashtirish boshqarmasi hamda ichki ishlar boʻlimi tomonidan quturish kasalligining oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikda amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶