17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 12:29
Fan va taʼlim 👁 1,059

BUGUNGI MAKTAB VA OʻQITUVChI MUAMMOLAPI

BUGUNGI MAKTAB VA OʻQITUVChI MUAMMOLAPI

Ommaviy axborot vositalarida hozirgi taʼlim tizimi, oʻqish va oʻqitish sifatini yaxshilash, oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqeini koʻtarish, ularni faoliyatlaridan boshqa ishlarga jalb qilmaslik haqida koʻp yozilmoqda. Nega davlatimiz bunchalik bizning sohaga jon kuydirmoqda, bugun taʼlim muassasalaridagi ahvol qalay? Shu sohada koʻp yillar faoliyat yuritgan inson sifatida oʻz fikrlarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.

Keyingi yillarda oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlarining shaffof oʻtkazilayotganligi, yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari sababli ota-onalar farzandlarining oʻqishlariga koʻproq eʼtibor qaratmoqdalar. Bugun koʻpchilik ota-onalar yangi oʻquv yili boshida “Mening farzandimni falonchi oʻqituvchi oʻqitsin”,  degan takliflarni bildirmoqda.

Bozorga borganda mahsulotning sarxilini saylaganimizday, bugun maktabda ham mohir oʻqituvchini tanlash imkoniga egamiz. Shunday ekan, darslikka shosha-pisha koʻz yugurtirib, shunchaki majburiyat yuzasidan yozilgan, yillab oʻzgartirish kiritilmaydigan dars ishlanma, siyqasi chiqib ketgan maʼruzalarning vaqti oʻtdi. Bugungi kun oʻquvchisini bu narsalar qanoatlantirmaydi. Axir, unda axborot olishning yangi va tezkor usullari mavjud, qolaversa maktab taʼlimi shaklan oʻzgarmoqda. Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2018-2021-yillarda Oʻzbekitson Pespublikasi xalq taʼlimi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora tadbirlar dasturi qabul qilindi. Oʻqituvchilarning oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirildi, maktablarda yana bir psixolog lavozimlari joriy qilindi, oʻqituvchilar majburiy mehnat va ortiqcha qogʻozbozlikdan ozod qilindi. Maktablarda kuzatuv Kengashlari tashkil qilinib, Kengash faol ota-onalar, homiylar, sobiq bitiruvchilar va sobiq oʻqituvchilardan tuzilmoqda. Kengash muassasasining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, moliyaviy xarajatlar, byudjet va byudjet mablagʻlarining sarflanishi, maktab direktori faoliyatiga munosabat bildirish, uning hisobotini eshitish, oʻqituvchining shaʼni, obroʻsini koʻtarish boʻyicha takliflar berish, oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli monitoring yuritish kabi masalalarni oʻrganadi va hal qiladi.

“Oʻqituvchi maqomi toʻgʻrisida” gi qonun loyihasi ishlab chiqilib regulation.gov.uz saytida muhokamaga qoʻyildi. Loyiha 7 bob, 32 moddadan iborat boʻlib, unda oʻqituvchi faoliyatining asosiy printsiplari, oʻqituvchi maqomining oʻziga xos xususiyatlari, oʻqituvchining huquq va majburiyatlari, oʻqituvchi faoliyati ustidan nazorat kabilar koʻrsatib berilgan.

Faoliyatimiz huquqiy jihatdan belgilab berilar ekan, hamkasblarimiz, shu sohada tajriba toʻplagan ustozlar, bilimli yoshlar bu borada oʻz munosabatlari va takliflarini bildirsalar, qonun mukammal ishlanishiga erishilar edi.

Bundan tashqari xalq taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish tizimining yangi shakli amalga oshirilishi, fanlar olimpiadasi, bilimlar bellashuvi va turli musobaqa, tanlovlarda oʻquvchilari gʻolib boʻlgan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirishning yangicha usullari amalga tatbiq qilinishi koʻzda tutilmoqda. Maktab oʻqituvchilarining 50% gacha boʻlgan pedagog xodimlar bilan birgalikda, maktab oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, maktab maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, kutubxonachi, uslub birlashma rahbariga ham ustama haq toʻlash taklif qilindi.

Yaqin yillarda “Zamonaviy maktab” lar tashkil qilinib, ularda oʻqitish uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlar muhayyo qilinadi. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab maktablar reytingi yangicha mezonlarda aniqlanib, samaradorligi belgilanadi. Bu ish Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabr 5538-son “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi va xalq taʼlimi Vazirligi zimmasiga yuklatiladi.

Qisqasi taʼlim tizimi oʻzgarmoqda. Endi uni mazmunan oʻzgartirish, darslarni yangicha ruhda, yangi texnologiyalar, AKTlar vositasida tashkil qilish kerak. Bu esa oʻz-oʻzidan kadrlar salohiyatiga borib taqaladi.

Xoʻsh, oʻqituvchilar bunga tayyormi?

Oʻqituvchi oʻz fanini, unga yondosh boʻlgan fanlarni, taʼlim sohadagi yangiliklar, zamonaviy texnologiyalar, AKT vositalaridan foydalana bilishi zarur.

U izlanuvchan, oʻqitishning turli yangi usullarini joriy qila oladigan, ijodkor va tasavvuri boy boʻlmogʻi, oʻquvchilar koʻngliga yoʻl topa oladigan, ular qaltis vaziyatlar, turli hayotiy muammolardan asray oladigan jonkuyar va fidoyi boʻlmogʻi kerak.

Oʻqituvchi bolalarga mehr qoʻya olmogʻi lozim, har bir bolaning yaxshi fazilatini kashf qilolmasa, bu sohada ishlamagan maʼqul.

Bugun oʻqituvchilarning koʻpchiligi ayollar boʻlib, koʻpincha ular uydagi moddiy yetishmovchilik, uy-roʻzgʻor tashvishlaridan xoli emas. Ularning koʻnglida qachon dars tugaydi-yu, bolamning yoniga ketsam,  degan xayol boʻladi.

Ota-onalarning hammasi farzandini yaxshi oʻqituvchining oʻqitishini istaydi, maktablardagi oʻrtamiyona oʻqituvchilarni nima qilish kerak? Koʻpincha, dars taqsimoti davrida bizning sharoitda menga kam dars ajratildi, deguvchilar koʻpayadi. Agar reyting tizimida oʻqituvchining sifat samaradorligi koʻrsatib berilsa, vaziyatdan butkul chiqish mumkin.

Sanobar XOʻJAMUPODOVA, 40-sonli maktab direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026