Amudaryoda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha qanday ishlar qilinmoqda?
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar natijasida joylarda jinoyatlar soni kamayishiga erishilmoqda. Bu borada ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash, yongʻin xavfsizligi, qoʻriqlash, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalarining samarali va oʻzaro bogʻliq faoliyat yuritishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Amudaryo tumanida ham Ichki ishlar boʻlimi tomonidan bu boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Mangʻit shahri va shahar atrofidagi maxallalarda jamoat tartibini saqlash boʻyicha tungi naryad tashkil etilib, unga jalb etilgan guruh aʼzolari tomonidan tunu-kun davomida aholi osoyishtaligini saqlash borasida ish olib borilmoqda.
Asosan jamoat joylari, kafe, ovqatlanish va savdo shoxobchalarining xizmat koʻrsatish vaqtlari, spirtli ichimliklar bilan savdo qilish shoxobchalari nazorat ostiga olinib, muntazam tekshirilib turilmoqda. Natijada turli koʻngilsiz hodisalar va bezoriliklar, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldi olinmoqda.
Ichki ishlar boʻlimi tomonidan jamoat tartibini saqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar tumanning jinoyatdan holi hududga aylanishi, huquqbuzarliklarning keskin kamayishi yoʻlidagi muhim qadamdir.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶