Taassurotlarga boy boʻlgan tadbir
9-fevral kuni 70-sonli umumtaʼlim maktabida ulugʻ shoir va olim, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazilib, unda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori G.Yusupov kirish soʻz bilan ochib, A.Navoiy hayoti va ijodi toʻgʻrisida, uning oʻlmas asarlari haqida gapirdi.
Shundan soʻng maktab kutubxonachisi Ch.Abdurahmonov soʻzga chiqib, maktab oʻquvchilarida A.Navoiy ijodiga boʻlgan qiziqishning tobora ortib borayotganligi toʻgʻrisida soʻz yuritdi.
Tadbir davomida maktab oʻquvchilari A.Navoiy siymosini yaratish, uning sheʼrlarini ifodali oʻqish va savollarga javoblar qaytarish boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Tadbir yakunida maktab psixologi M.Oʻrinboyeva ushbu tadbirning tarbiyaviy ahamiyati haqida gapirdi va oʻquvchilarning ulugʻ shoir va mutafakkir A.Navoiy ijodiga boʻlgan qiziqishlariga, uni yanada teranroq anglash yoʻlidagi harakatlariga munosib baho berdi.
A.Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan bu tadbir maktab oʻquvchilarida katta taassurot qoldirdi.
Mohira YOʻLDOShEVA, “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶