Energiya resurslari va ichimlik suvi toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshiring!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.05.2017-yildagi №5059-sonli Farmoniga asosan isteʼmolchilar – jismoniy shaxslar har oyning 10-sanasiga qadar oʻtgan oyda isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻliq hisob-kitob qilishlari shartligi, shuningdek, 16.11.2017-yildagi №5241-sonli Farmoniga asosan isteʼmolchilarga suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish 100 foizlik oldindan haq toʻlash asosida amalga oshirishilishi belgilangan.
Isteʼmol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvidan yuzaga kelgan qarzdorliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmasa, qarzdor – isteʼmolchi belgilangan tartibda elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda ichimlik suvi tarmoqlaridan majburiy uziladi.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz, shuningdek, ichimlik suvi tarmogʻidan uzib qoʻyilgan shaxslarni qayta ulashda isteʼmolchi — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida, toʻlov undiriladi.
Hurmatli fuqarolar! Kommunal xizmatlardan foydalanish borasida belgilangan tartiblarning oʻz vaqtida bajarilmasligi qoʻshimcha mablagʻingiz sarflanishiga sabab boʻlishi mumkinligini yodda tutishingizni soʻraymiz.
Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶