2019-YILDA AMUDARYoDA 2937 NAFAR IShSIZ YoShLAR VA IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ OILALAR FARZANDLARI BANDLIGI TAʼMINLANADI
Aholi turmushi farovonligini taʼminlashning asosiy shartlaridan biri bandlikdir. Biror kasb-hunar bilan shugʻullangan odam albatta oʻz oilasi iqtisodini taʼminlaydi, jamiyatga ham nafi tegadi.
2019-yilda ishsiz yoshlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining bandligini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasining manzilli rejasi ishlab chiqilgani ham shu maqsadga bandlik taʼminlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur rejaga muvofiq Amudaryo tumanidagi ishsiz yoshlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining 149 nafari hunarmandchilikka, 160 nafari kasanachilikka jalb etiladi, 190 nafari mehnat yarmarkalari orqali ishga joylashtiriladi, 150 nafar yoshlarga “har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida yer ajratib beriladi, 82 nafarining dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlarida bandligi taʼminlanadi, 25 nafarining bandligi esa “YOSHLAR KELAJAGIMIZ” jamgʻarmasi orqali taʼminlanadi.
Shunday qilib, joriy yilda 2937 nafar ishsiz yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining ishlab daromad topishlariga va jamiyatning faol aʼzolariga aylanishiga erishiladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶