Harbiy qismda “Men sevgan asar” mavzusida kitob yarmarkasi oʻtkazildi
Hozirgi kunda mamlakatimizda davlatimiz rahbari hamda hukumatimiz tomonidan yoshlarni maʼnan yetuk, dunyoqarashi keng va hozirgi tahlikali davrda barcha tahdidlarga qarshi kurasha olish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning ajdodlarimizning boy merosini teran oʻrganishlarini taʼminlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 29-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli 9202 “K” harbiy qismida “Oʻzdavkitobsavdo” taʼminoti Amudaryo tumani filiali rahbari R.Davletov tomonidan “Men sevgan asar” mavzusida oʻtkazilgan kitob yarmarkasi mana shunday xayrli ishlarning uzviy davomi boʻldi, desak aslo yanglishmaymiz.
Kitob yarmarkasida harbiy xizmatchilar tarixiy va detektiv janrlardagi hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan boshqada qiziqarli asarlarni xarid qildilar.
Ruslanbek XOJAMURATOV, harbiy xizmatchi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶