Mahalla faollari uchun bir haftalik seminar tashkil qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 15-16-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida 2019-yilning 28-yanvar – 2-fevral kunlari Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan diniy soha xodimlari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasining mahalla fuqarolar yigʻinlarda faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari, profilaktika inspektorlari va “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlar uchun malaka oshirish oʻquv-seminarlari tashkil etildi.
Seminar-trening mashgʻulotlariga din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom instituti mutaxassislari tomonidan tashkil qilingan malaka oshirish oʻquv-seminarlarida ishtirok etgan pedagoglar jalb etildi.
Malaka oshirish oʻquv mashgʻulotlari uchun Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji binosidan 9 ta auditoriya ajratildi. Oʻquv xonalari kompyuter va videoproyektorlar bilan jihozlandi, oʻqituvchilar uchun alohida xona, shtab va tibbiyot xonasi tashkil etildi hamda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilayotgan binolarda barcha sharoitlar yaratildi.
Oʻquv mashgʻulotlarining birinchi kuni tumanda faoliyat yuritayotgan 73 nafar imom-xatib, imom-noiblar va mahalla imomlari, mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib boruvchi tuman xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha 47 nafar mutaxassislari, 33 nafar profilakatika inspektorlari hamda 49 nafar “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari ishtirok etdilar.
Tuman hokimligi tomonidan ishtirokchilarning xavfsizligi, sogʻligi masalalarini hisobga olgan holda kollejda tuman ichki ishlar boʻlimi, yongʻin xavfsizligi boʻlimi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda tuman hokimligi masʼul xodimlari jalb etildi.
28-yanvar kuni tashkil etilgan darslarda Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari, Muhammad al-Beruniy nomidagi oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchilari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi musulmonlari qoziyoti mutaxassislari mashgʻulot oʻtdilar.
Oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda.
Dildora Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶