MAKTABDA KUZATUV KENGAShI AʼZOLARI, RAISI VA UNING KOTIBI SAYLANDI
Shu yilning 19-yanvarida 40-sonli umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16 m-x sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-yanvarda 3118-raqam bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “Kuzatuv kengashi” haqida”gi namunaviy Nizom talablari asosida maktabning Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylashga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishga maktab ota-onalar qoʻmitasi aʼzolari, 72 nafar maktab pedagog xodimlari, 287 nafar ota-onalar vakillari, 28 nafar maktabning sobiq bitiruvchilari, 12 nafari maktab faxriy oʻqituvchilari, 10 nafar homiylar vakillari ishtirok etdilar.
Yigʻilishni maktab direktori S.Xoʻjamurotova ochdi va yigʻilish kun tartibidagi masala, shuningdek, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “Kuzatuv kengashi” haqida”gi namunaviy Nizom talablari bilan ishtirokchilarni batafsil tanishtirdi. Yigʻilishda Nizomning 8 bandiga muvofiq oʻquvchilar ota-onalari tomonidan Kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatildi va ochiq ovoz berish yoʻli bilan 9 kishidan iborat tarkibdagi kengash aʼzolari saylandi.
21-yanvar kuni aynan shu muassasada Kuzatuv kengashi 9 nafar aʼzolarining Kengash raisi va uning kotibini saylash masalasiga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Ochiq ovoz berish yoʻli bilan Kuzatuv kengashining 9 nafar aʼzosi orasidan kengash raisi va uning kotibi saylandi hamda Kuzatuv kengashining 2019-yilga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlandi.
Sayyora BOBOJONOVA,
40-maktab direktori oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶