Sudlanganlik yoki sudlanmaganlik holati boʻyicha maʼlumotnoma endilikda Davlat xizmatlari markazlari orqali berilmoqda
Mamlakatimizda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda. Bu esa oʻz navbatida aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini bermoqda. Markaz tomonidan xizmat koʻrsatish koʻlami tobora kengaytirilib, xalqqa qulaylik yaratilmoqda. Oʻtgan yilning sentyabr oyidan boshlab jismoniy shaxslarga tegishliligi boʻyicha talab qilinadigan muqaddam sudlanganligi, jinoiy javobgarlikka tortilganligi, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga koʻra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid maʼlumotnomalar Davlat xizmatlari markazlari orqali berila boshladi
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun har bir fuqaro Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”da roʻyxatdan oʻtadi. Davlat xizmatlari markaziga fuqaro oʻzi kelib murojaat qilsa, markaz xodimi talabgor nomidan anketa toʻldiradi. Murojaat YaIDXP orqali amalga oshirilgan taqdirda esa, murojaatchi mustaqil ravishda ushbu reglamentning ilovasiga muvofiq shakldagi anketani elektron ravishda toʻldiradi.
Anketaga talabgorning yoki maʼlumotnoma soʻralayotgan shaxsning pasport nusxasi ilova qilinadi. Uchinchi shaxslar manfaatida harakat qilinayotganda – notarial tasdiqlangan ishonchnoma ham ilova qilinadi. Talabgordan boshqa hujjatlarni talab qilish taʼqiqlanadi. Anketa toʻldirilgandan soʻng, talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirilib, anketani oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Talabgor Davlat xizmatlari markazi xodimi va YaIDXP tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun elektron raqamli imzo majburiy tartibda boʻlishi shart ekanligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qilinadi.
Ilgari zaruriyat tufayli sudlanganlik yoki sudlanmaganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun tegishli joyga murojaat qilinganidan soʻng, bir oylab kutib yurilishiga toʻgʻri kelardi. Endilikda sudlanganlik yoki sudlanmaganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olish boʻyicha tuman Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinganidan soʻng, murojaatchi 2 ish kuni mobaynida ushbu hujjatga ega boʻladi.
Nafisa Xudoyberganova,
tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶