“Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining Amudaryo tumani bosqichi oʻtkazildi
Istedodli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, isteʼdod va mahoratlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish, yosh avlodning maʼnaviy olamini boyitish, madaniy saviyasini yuksaltirish, sanʼat va goʻzallikka intilishini kuchaytirish maqsadida yurtimizda har yili anʼanaviy tarzda “Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali oʻtkazilib kelinmoqda. Festivalning tuman bosqichi yaqinda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, tuman Madaniyat boʻlimi hamkorligida tashkil qilinib, oʻtkazildi va unda 6-14 yoshdagi 564 nafar ijodkor va iqtidorli bolalar ishtirok etishdi.
Tumandagi 9-sonli musiqa va sanʼat maktabida va 16-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan festivalda ishtirok etgan yoshlar klassika - fortepiano, torli-kamonli, damli va zarbli cholgʻu asboblari, vokal - milliy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari, xalq cholgʻulari - plektorli, kamonli, damli va zarbli cholgʻu asboblari, raqs - milliy, ball hamda zamonaviy raqslar, tasviriy va amaliy sanʼat, nasr va nazm yoʻnalishlari boʻyicha oʻz istedodlarini namoyish kilishdi.

“Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali Amudaryo tumani bosqichida gʻolib deb topilgan 36 nafar ishtirokchi Yoshlar ittifoqi tumani Kengashi tomonidan diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandi. Gʻoliblar tanlovning Qaroqalpogʻiston Respublika bosqichiga yoʻllanma oldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶