Barcha ovul va mahallalarda is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda
Is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlari yanada kuchaytirilmoqda. Tumanda bu boʻyicha ishchi guruhlar tuzilib, sektorlar masʼullari va tegishli mutaxassislar tomonidan keng koʻlamli profilaktika va targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
16-yanvar kuni mazkur ishchi guruh tomonidan “Durunki” mahallasi hududida yongʻin xavfsizligi va is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha 80 ta xonadonda tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolar yigʻini masʼullari, Majburiy ijro byurosi, gaz taʼminoti korxonasi, elektr taʼminoti korxonasi, IIB Yongʻin xavfsizligi boʻlimi, tuman davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan targʻibot-tashviqot ishlarida is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar ayrim fuqarolarning ehtiyotsizligi, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etmasligi oqibatida roʻy berayotgani taʼkidlandi. Targʻibot tadbirlari bilan birgalikda ishchi guruh aʼzolari tomonidan xonadonlardagi elektr va gaz jihozlari koʻzdan kechirilib, zarur hollarda taʼmirlanmoqda.
Nosoz uskunalar orqali foydalanish va yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish gazdan zaharlanish yoki yongʻin kelib chiqishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar koʻpayishiga olib keladi. Targʻibot-tashviqot tadbirlari davomida aholiga bu hayotiy misollar orqali keng tushuntirilmoqda.
Dildora Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶