DAVOMAT REYDI OʻTKAZILDI
Haftaning har payshanbasi huquq buzarliklar profilaktikasi kuni qilib belgilangani munosabati bilan shu kuni huquqbuzarliklarning, sogʻlom turmush tarziga yot holatlarning oldini olish, oʻquvchi- yoshlar orasida turli xil tartib buzilishi kabi koʻngilsiz hodisalar sodir boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida turli tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda va bu saʼy – harakatlar oʻzining ijobiy samaralarini berayapti.
Joriy hafta payshanba kunida ham tuman Ichki ishlar boʻlimi va tuman Xalq taʼlimi boʻlimi xodimlari hamkorligida 37- va 47- sonli umumtaʼlim maktablarida “Davomat” reydlari oʻtkazildi.Reydlar davomida oʻquvchilarning faqat darsga qatnashishlariga emas, oʻtilayotgan darslarni qanchalik egallayotganiga ham eʼtibor qaratildi, yoshlarning zamonaviy bilimlarni chuqur oʻrganishlari uchun davlatimizning koʻrsatayotgan gʻamxoʻrliklari haqida ham keng tushuncha berildi.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶