Fan va taʼlim
👁 887
36-sonli maktabda “Bizlar - kichik askarlar” nomli tadbir oʻtkazildi
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan umumtaʼlim maktablarida vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar oʻtkazildi.
Tumandagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida ushbu kunga bagʻishlab oʻtkazilgan “Bizlar kichik askarlar” nomli tadbirida ham Vatanga muhabbat, burchga sadoqat kabi ulugʻvor tuygʻular ifodalandi. Tadbir maktabning 9- va 2-sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazildi. Ishtirokchilar ijrosida Vatan mavzusidagi sheʼr va qoʻshiqlar, badiiy chiqishlar barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Qurolli kuchlar tashkil etilganining 27-yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir boʻlgʻusi yurt himoyachilarini yanada ruhlantirdi.
Nigora Bozorboyeva,
36-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶