Jamiyat
👁 524
Amudaryo tumanidagi harbiy qismlar tomonidan kam taʼminlangan oilalarga televizorlar sovgʻa qilindi
Yaqinda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining «9202-K» harbiy qismi tomonidan Xolimbeg ovulidan 2 ta, Doʻrman ovulidan 2 ta kam taʼminlangan oilalarga televizor sovgʻa qilindi.
Televizor sovgʻa qilingan oilalar egalari Vatanimiz himoyachilarining xayr-sahovat ishlari uchun oʻz minnatdorchiliklarini izhor etdilar.
– Qilichboy ovulidagi 27-sonli maktabgacha taʼlim muassasasiga ham televizor sovgʻa qildik, – deydi kichik serjant Isomiddin Husanov. – Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan MTM xodimlari va bolajonlarning xursandligidan oʻzlarimiz ham zavqlandik.
Harbiylardan sovgʻa olganlar Vatan posbonlariga minnatdorchilik izhor qildilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶