18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 02:31
Jamiyat 👁 1,299

ENDI YaXShI IShLAGAN SEKTOP PAHBAPLAPI MAShINA BILAN TAQDIPLANADI, AKSINChA HOLDA ESA XIZMAT LAVOZIMIDAN BOʻShATILADI

ENDI YaXShI IShLAGAN SEKTOP PAHBAPLAPI MAShINA BILAN TAQDIPLANADI, AKSINChA HOLDA ESA XIZMAT LAVOZIMIDAN BOʻShATILADI

Mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq bilan jonli muloqot qilib, ularning turmushidagi muammo va kamchiliklarini aniqlash hamda bartaraf etish orqali turmush sifatini oshirish maqsadida hududlarni sektorlarga boʻlib ishni tashkil etish tizimi joriy etilganligi koʻpgina ijobiy oʻzgarishlarga omil boʻldi, deya olamiz. Biroq ayrim hollarda sektorlar faoliyatida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda sektor aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirishda sektor rahbarlarining zarur tashkiliy va moliyaviy vakolatlarga ega emasligi, aniqlangan ayrim muammolarni oʻz vaqtida hal etishga toʻsqinlik qilayotgan hollar ham uchrayotgan edi. Shuningdek, sektorlarda oʻrganishlar natijalari umumlashtirilmayotgani, statistik hisobotlar yuritilmayotgani, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilmayotganligi amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish imkonini bermayotgan edi.

Endilikda Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2019-yil 8-yanvarda qabul qilgan qarori bu kamchiliklarga barham berishga asos boʻladi.

Qarorda shu maqsadda sektorlarning tuman (shahar)- viloyat-respublika tamoyili asosida ularga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish hamda faoliyatini nazorat qilish boʻyicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralarida vertikal boshqaruv tizimi joriy etiladi, har chorakda kamida bir marta sektorlarda amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar samaradorligi baholab boriladi, bunda sektorlar rahbarlarining faoliyati hududlarning rivojlanish ahvolidagi oʻzgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib baholandi, har bir hududda aniqlangan muammolarni hal etish boʻyicha hududiy va respublika “yoʻl haritalari” ishlab chiqilib, amalga oshiriladi.

2019-yilning 1-fevralidan boshlab, yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash va sektorlarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan idora va tashkilotlarning har bir sektor boʻyicha masʼul xodimlari sektor rahbari bilan kelishilgan holda biriktiraldi va almashtiriladi.

Sektorlar faoliyatiga ham yangilik joriy etiladi, yaʼni sektor rahbari boshchilik qiladigan idoradan bir xodim sektor shtabi kotibi sifatida faoliyat yuritadi va shtabdagi ishlarni muvofiqlashtirib boradi.

Tuman, shahar sektorlari rahbarlariga har haftada kamida bir marotaba joylarga chiqib, jismoniy shaxslar bilan ularning ijtimoiy masalalari hamda yuridik shaxslarning vakillari bilan tegishli faoliyat sohalari kesimida qabul oʻtkazib turish vazifasi yuklatildi.

Qarorda sektorlarda aniqlangan muammolarni hal etish uchun sektor rahbarlarining asoslantirilgan soʻrovlariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Pespublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)ning qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlar maqsadli yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilganligi, ayniqsa diqqatga sazavordir.

Qarorda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari hamda tumanlar, shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari zimmasiga sektorlar faoliyatiga oid maʼlumotlarni jamlash, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotni shakllantirish va yuritish, sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirishga koʻmaklashish kabi bir qancha vazifalar yuklangan.

Qarorning yana bir muhim jihati shundan iboratki, 2019-yilning 1-aprelidan boshlab uyma-uy yurish, aniqlangan muammolar va ularning hal etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan respublika boʻyicha yagona elektron axborot tizimi joriy etilishi va sektorlar rahbarlari faoliyatini baholab borish tizimi joriy etilishidir. Yil yakunlariga koʻra, faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan sektorlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Eng namunali sektor”, “Eng tashabbuskor sektor rahbari”, “Eng faol sektorlar shtabi aʼzosi” nominatsiyalari boʻyicha tanlov oʻtkaziladi va gʻoliblar aniqlanadi. Baholash natijalariga koʻra, eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 2 nafar sektor rahbarlari avtotransport vositasi, sektorlar faoliyatini namunali tashkil etgan rahbarlar va uning ishida faol qatnashgan boshqa shtab aʼzolari qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanadi. Aksincha, faoliyati samarasiz deb baholangan sektorlar rahbarlari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilishi ham koʻzda tutilgan.

Qaror sektorlar faoliyati yanada jonlanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Oygul PAJABOVA,

gazetaning maxsus muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026