DASTURDA YoShLARGA ULKAN EʼTIBOR QARATILGAN
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasini men juda qiziqish bilan oʻqib chiqdim. Menga ayniqsa, Dasturdagi oliy taʼlim muassasalariga kirish istagidagi abituriyentlarga bir vaqtning oʻzida bir nechta OTMga hujjat topshirish imkoniyatini beruvchi normativ – huquqiy hujjat qabul qilinishi, 2019-2020 oʻquv yili qabulidan boshlab bosqichma-bosqich davlat xizmatlari markazlari orqali oliy taʼlim muassasalariga hujjat qabul qilish tizimining yoʻlga qoʻyilishi haqida oʻqib, juda quvondim. Boisi, men mazkur oʻquv yilida 3-sonli Amudaryo akademik litseyini tugatib, oliy oʻquv yurtiga kirish uchun intilayapman.
Men kabi yoshlar uchun bir vaqtning oʻzida bir nechta oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshirish – talaba boʻlish imkoniyatini oshiradi.
Shuningdek, Dasturda iqtidorli yoshlar uchun bakalavr bosqichini jahonning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida olishini tashkil etish tartibi belgilanishi ham yoshlar uchun oʻzligini namoyon etishlariga sharoit yaratadi. Dastur loyihasida yoshlarga berilgan buningdek eʼtibor bizning zimmamizga ulkan masʼuliyat ham yuklaydi. Buni har bir tengdoshim chuqur his qilishini istar edim.
Sevara ISMOILOVA,
3-sonli Amudaryo akademik litseyi bitiruvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶