18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 03:47
Jamiyat 👁 818

MAZMUN-MOHIYaTI BILAN XALQ KOʻNGLIDAGI DASTUR

MAZMUN-MOHIYaTI BILAN XALQ KOʻNGLIDAGI DASTUR

Mamlakatimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” – yangi 2019  yil xalqimiz hayotida chinikam taraqqiyot, buyuk oʻzgarishlar, yangilanishlar yili boʻlishi shubhasiz. Chunki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy gʻoya va takliflarini oʻzida mujassam etgan, 253 banddan iborat 2019-yil Davlat Dasturi loyihasi jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgani bilan muhim ahamiyatga ega.

2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini  “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi loyihasi jamoatchilik tomonidan keng muhokama etilib, taklif va fikrlar bildirayotganining oʻzi xalqning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini taʼminlash imkonini beradi.

Dastur loyihasida jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishga alohida urgʻu berilgan. “Mening fikrim” veb portali orqali elektron-jamoaviy murojaatlarini Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham koʻrib chiqish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Yil davomida “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlash, uy-joyga muhtoj boʻlgan yosh oilalar uchun uy-joylar qurish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirliklari hamkorligida 2019-yil 1-martgacha normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Ushbu loyihadan kutiladigan natijalar ham albatta yoshlarning davlat va jamiyat qurilishi faoliyatidagi ishtirokini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Dasturda davlat boshqaruvi tizimini isloh etish borasida zamonaviy davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich joriy etishga qaratilgan tadbirlarning belgilanishi ham xalq bilan davlat idoralari oʻrtasidagi byuorokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Bu borada ishlab chiqish kutilayotgan loyihada mehnatga haq toʻlashning zamonaviy tizimini yaratish, bunda oylik ish haqini davlat xizmatchisi tomonidan ishlar, ularning natijadorligi, sifati, murakkabligi, amaliyotda toʻgʻri ishlatilayotganligi kabi mezonlardan kelib chiqib belgilanishi eʼtiborga molik. Chunki mehnatga haq toʻlash masalasida shu paytgacha (ayniqsa, byudjet tashkilotlarida) ishning sifati, murakkabligi, natijadorligi inobatga olinmagan. Mazkur normativ-huquqiy hujjat loyihasida belgilangan ushbu norma soatbay ishlaydigan xodimlar mehnatiga haq toʻlashda tenglik printsipini qoʻllash imkonini beradi.

Korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning samarasi mexnazmlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish – bugungi kunda eng dolzarb masala ekanligini hisobga olsak, mazkur Qonun loyihasida ilgari surilgan qonunosti hujjatlarini qisqartirib, ularning oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan Qonunlarni qabul qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash korruptsiyaga qarshi kurash yuzasidan olib boriladigan ishlar natijadorligini va sifatini yanada oshiradi. Ayniqsa, siyosiy partiyalar bu borada faollik koʻrsatishi talab etiladi. Yaʼni, loyihada belgilanganidek, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish mexanizmlariga ega boʻlmagan qonun loyihalarini parlamentga kiritish qatʼiy taqiqlanishi siyosiy partiyalar fraktsiyalari deputatlarining yanada samaraliroq faoliyat yuritishini talab etadi.

Davlat dasturiga koʻra, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faolliyatining moliyaviy asoslarini takomillashtirishga alohida eʼtibor beriladi va bu borada 2019-yil 1-fevral sanasiga Vazirlar Mahkamasining Qarori loyihasi tayyorlanishi koʻzda tutilgan. Loyihada mahallalar tomonidan aholi va tashkilotlardan ixtiyoriylik asosida mablagʻlarni jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan. Bunda ijtimoiy sheriklikning amaldagi “davlat – fuqarolik jamiyati institutlari” shaklidan “davlat – fuqarolik jamiyati institutlari – tadbirkorlik subʼektlari” shakliga oʻzgartirish oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asoslarini yanada mustahkamlash, mablagʻlarni natijali rejalashtirish imkonini yaratadi.

Fuqarolarning saylovga oid huquqlarini taʼminlashni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilishi kutilayotgan chora-tadbirlar rejasiga koʻra, endilikda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga sodir etgan jinoyatiga qarab saylash huquqini berish – yaxshi. Lekin mahkumga beriladigan bunday ishonchga munosibligi, uning axloqiy tuzalish jarayoni albatta inobatga olinishi zarur boʻladi.

Milliy madaniy markazlar, doʻstlik jamiyatlari rolini yanada oshirish va ularning aholi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish yuzasidan ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar dasturiga koʻra, milliy-madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlarining xorijiy davlatlar bilan hamkorligi 2019-yilda yanada faollashishi xorijiy vatandoshlar bilan turli sohalarda, ayniqsa maʼnaviy-maʼrifiy, milliy madaniyat masalalarida hamkorlikni yanada takomillashtirish imkonini beradi. 

Davlat dasturidagi har bir bandning mazmun-mohiyati xalq farovonligi, tinchligi, davlatimiz xavfsizligi, jamiyatda qonunlar ustuvorligini taʼminlash, imkonini yaratishi shubhasiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026