Maqsad – chegara mustahkamligini taʼminlash
25-dekabr kuni tuman hokimligida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tarkibidagi 9202 “D” va 9202 “K” harbiy qismlari va tumandagi ovul, mahalla va shaharcha fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirokida tadbir oʻtkazilib, unda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida chegara hududida harbiylar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamkorligida olib boriladigan ishlar muhokama etildi.
Tadbirda kapitan E.Joʻraboyev, kapitan I.Haydarov, katta serjant O.Mahmudov va tuman hokimi oʻrinbosari U.Polvonovlar soʻzga chiqishib, chegara hududida tartib-intizom, tinchlik va xotirjamlikni taʼminlash maqsadida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan oʻz fikrlarini hamda takliflarini bildirdilar.
Tadbir yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶