21.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.10.2026, 01:42
Maqolalar 👁 855

BIRI-BIRIGA YeLKADOSh INSONLAR

BIRI-BIRIGA YeLKADOSh INSONLAR

Vatan taraqqiyotida oilaning, mahallaning roli muhim ahamiyatga ega ekanligi barchamizga maʼlum. Tomchida quyosh aks etadi. Tomchi qanday daryodan ekanligi haqida tasavvur uygʻotadi kishida. Oilalarning mamlakatimiz va tumanimiz taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissalaridan quvonamiz.

“Durunki” mahallasida yashovchi Maqsud Yoʻldoshev va Gulnora Xudoyberganovalarning oilasi ana shunday eʼtirofga loyiq. Maqsud aka Yoʻldoshev 1972-yilda Mangʻit shahrida, nafaqadagi montyor Mambat Yoʻldoshev oilasida tugʻilgan. Otalari Mambat bobo Yoʻldoshev farzandlarini ilmli qilgan va doim el xizmatida boʻlgan hurmatli insondir. Bugun ham “Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan energetik” faxriy unvoni sohibi Mambat boboni katta-yu kichik birdek taniydi, yaxshi koʻrib, duosini olishga oshiqadi.

Maqsud aka yoshligidan fizika qonunlariga nihoyatda qiziquvchanligidan koʻnglida ota kasbiga hurmat va mehr uygʻondi. 1990-1995-yillar davomida Toshkent Davlat temir yoʻllari institutining elektromexanika fakultetida tahsil oldi. Oʻqishni tugatib, ish faoliyatini tuman elektr tarmoqlari korxonasida oddiy montyorlikdan boshlagan Maqsud aka ayni paytda masʼuliyatli vazifada xizmat qilmoqda.

Maqsud aka koʻchat ekib, bogʻ yaratishni yaxshi koʻradi. Ayniqsa, uzumchilikka alohida mehr qoʻygan. Tomorqasidan unumli foydalanib, har yili moʻl hosil olmoqda. Chorva mollarini boqish esa eng sevimli mashgʻulotlaridan biri. Maqsud aka Yoʻldoshev nihoyatda samimiy va oq koʻngilligi uchunmi, koʻngli toza, mard insonlarni hurmat qiladi. Qoʻlidan kelganicha ehtiyojmand oilalarga yordam beradi.

Ilmga, maʼnaviyatga talpinguvchi, ziyoli insonlarni koʻngliga yaqin bilguvchi Maqsud aka Yoʻldoshev bu yil muborak Haj ziyoratini ado etdilar. Oila bekasi Gulnora opa Xudoyberganova har bir ishda Maqsud akaga koʻmakdosh.

Bolaligidan matematika faniga, hisob-kitob ishlari-ga mehr qoʻygan Gulnora opa 1989-1994-yillar davomida Toshkent Moliya institutining moliya va kredit fakultetida oʻqib, moliya sohasining sirlarini qunt bilan oʻrgandi.

Ish faoliyatini 2004-yil 30-sonli maktabda matematika fani oʻqituvchisi sifatida boshlagan opa 2007-yildan buyon Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida oʻquvchilarga maxsus fanlardan dars berib kelmoqda. Koʻplab shogirdlari jamiyatimizning turli qatlamlarida mehnat qilmoqda.

– Maktab chogʻida ustozimiz Gulora opa Eshimbetovaning darslarini butun borligʻimiz bilan tinglardik, – eslaydi u 16-sonli maktabda oʻtgan oʻquvchilik yillari haqida. – Talabalik davrimizda esa texnologiya fanidan dars beruvchi domlamiz ancha talabchan boʻlib, yaxshi baho olish qiyin edi. Darslariga qattiq tayyorgarlik koʻrardik. Ana shunday talabchan ustozlarim tufayli men hayotda va oilamda baxtliman.

Gulnora opa nihoyatda irodali ayol. Muammolardan qochish emas, yechim topishga harakat qiladi. Oʻquvchilariga ham shunday taʼlim beradi. Kitob mutolaasida bu oila juda peshqadam.

Ishdan boʻsh paytlarida gullar parvarish qilishni, koʻchat ekishni yaxshi koʻradigan Gulnora opa umr yoʻldoshining har bir fikrini hurmat qiladi, qoʻshnilarining toʻy-u hashamlarida hamisha mahalla-koʻy bilan birga.

Maqsud aka bilan Gulnora opa hayotda biri-biriga yelkadosh boʻlib yashab kelishmoqda. Oiladagi sogʻlom muhit farzandlari kamolida namoyon. Katta qizlari Shoira 40-sonli maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. Oʻgʻli Otabek tuman Davlat Soliq inspektsiyasi xodimi. Kelini Mohigul va qizi Shohista Qoraqalpoq Davlat universiteti talabalari. Kenja oʻgʻli Jasurbek esa 36-sonli maktabning aʼlochi oʻquvchisi.

Maqsud aka bilan Gulnora opa uch nafar nevaraning sevimli bobo va buvilaridir.

–Ishdan charchab kelganimizda nevaralarimizning shodon tabassumiga qarab, barcha tashvishlarni unutamiz. Bolalarning koʻngli kattalarnikidan keng boʻladi, ular bilan miriqib dam olamiz, – deydi Gulnora opa.

Shahzod Anvar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
«Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi 20.10.2026 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda ▶ 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026