18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 04:55
Jamiyat 👁 776

UDDABUPON SANOBAP

UDDABUPON SANOBAP

Insonlar bor – umr boʻyi oʻz “men”i uchun fidoyilik qiladi: neki ezgulik va yaxshilik boʻlsa faqat oʻziga ravo koʻradi. Atrofidagi haqiqiy jamiyat fidoyilarini koʻrmaydi bundaylar.

Insonlar bor – el-yurt koʻzi uchun emas, shu el-yurt, xalq manfaati uchun ishlaydi, oʻzini ayamaydi, oʻz “men”ini juda koʻp vaziyatlarda unutib yashaydi. Atrofdagi insonlarga suyanadi, kezi kelganida ularni suyaydi. Jamiyat, xalq manfaati yoʻlida oromidan kechib yashaydi bundaylar...

Qoraqalpogʻiston xalq oʻqituvchisi, 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Sanobarxon Xoʻjamurodova ham ana shunday fidoyi insonlardan biri. Sanobar serfarzand oilada tugʻilib-oʻsdi. Alloh rahmat qilsin, otasi Ismoil ota Xoʻjamurodov butun umrini taʼlim-tarbiya sohasiga bagʻishlagan, oʻzidan keyin ortida biri-biridan salohiyatli farzandlar, shogirdlar, “Ismoil muallim” degan eʼtiborli nom qoldirgan ajoyib inson edilar. Kezi kelganida oʻta qattiqqoʻl, odamiylik bobida mehribon va samimiy bu inson tarbiyasini olgan 10 nafar farzandning barchasi oʻqimishli, el-yurtga kamarbasta boʻlib voyaga yetishdi. Aka-opalari, uka-singillaridan farqli oʻlaroq Sanobarga Ismoil muallimga xos koʻplab fazilatlar “yuqqan”. Ayniqsa, har bir ishni zavq bilan bajarish, natijasidan soʻng boshqalarga ham zavq bagʻishlash, mehnatkashlik, atrofidagilarga manfaat yetkazuvchi har qanday maqsad yoʻlida ortga chekinmaslik, intiluvchanlik – Sanobarning hayot tarziga aylandi.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan Sanobar Xoʻjamurodova oradan yillar oʻtib oʻzi orzu qilganiday Amudaryo tumanida yosh avlod taʼlim-tarbiyasi sohasining fidoyisiga aylandi.

Oʻziga taʼlim-tarbiya bergan ustozlari Pajab Ahmedov, Tursunboy ustoz, Egambergan Saidov, Nazarimbat Almurodov, Yoʻldosh Matqurbonov, Ibrohim Masharipov, Amin Almurodov, Mirza Gulmonov, Shomurod Davletov, Kenja Ahmedovlar bilan yonma-yon ishlab, tajriba orttirdi. Ana shu tajriba va feʼlidagi ishchanlik, uddaburonlik va qatʼiyatlilik Sanobar Xoʻjamurodovani shaxs sifatida shakllantirdi, elga tanitdi. Uni 2004-yilda 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktorligiga tayinlashdi.

– Ishonch – odamni kuchli qilarkan, – maktab rahbarligini qabul qilgan ilk kunlarini xotirlaydi Sanobar. – Tasavvur qiling, tomidan chakka oʻtadigan, sinfxonalarining poli beton qoplamali, deraza va eshiklaridan qish izgʻirinlari izillab kirib turadigan, atrofidagi yerlari kuchli shoʻrlangan maktab. Ishni nimadan boshlashni bilmay, bir-ikki kun oʻylanib yurganman.

Sanobarning boshchiligida markaziy isitish tizimi ota-onalar va oʻqituvchilar homiyligi yordamida qaytadan qurildi. YuNISEF va YuSAID xalqaro tashkilotining “Taʼlim jarayoniga jamoatchilikni jalb qilish” nomli loyihasida ishtirok etib, 12 ming AQSh dollari miqdoridagi grant mablagʻini yutib oldi. Ana shu grant mablagʻi hisobidan 10 ta sinf xonasi pollandi. Oʻsha paytdagi tuman hokimi, Alloh rahmat qilsin, Pajabboy Yoʻldoshevning koʻmagi bilan mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga maktab tomi shiferlandi. Maktabdagi sharoitlar yaxshilangach, taʼlim-tarbiya sohasida jiddiy burilish yasalishiga erishildi.

Sanobar Xoʻjamurodovaning rahbar sifatidagi oʻz tajribasi va qatʼiy tutumi bor. Maktabda direktor boshchiligidagi “Harakat dasturi”ga amal qilinadi. Unga koʻra, taʼlim-tarbiya bilan maʼnaviy tarbiya uzviylikda olib boriladi. Har bir ishda jamoa fikri inobatga olinadi. Natija esa koʻngildagiday. Bugungi kunda 40-sonli umumtaʼlim maktabi taʼlim-tarbiya sohasiga innovatsion pedtexnologiyalarni joriy etish boʻyicha tuman maktablari reytingida peshqadam. Maktab – oila – mahalla hamkorligi esa oʻquvchi-yoshlar qobiliyatining yangi qirralarini kashf etish imkonini bermoqda.

Maktabda obodonlashtirish ishlari ham juda yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Maktabning kuchli shoʻrlangan yeri Sanobar Xoʻjamurodovaning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Harakat dasturi”ga muvofiq bugun obod goʻshaga aylandi. Maktab hovlisida bugun “Ustozlar bogʻi”, “Bitiruvchilar bogʻi”, “Yoshlar bogʻi” barq urib rivojlanmoqda. Yam-yashil ninabargli daraxtzorlar orasidagi parvozga shaylangan turnalar xuddi maktab bagʻridan uchirma boʻlib, mustaqil hayotga qadam tashlayotgan yoshlarning orzulari ramzi kabi tuygʻularni uygʻotadi dillarda.

– Har sinfning oʻz gulzori bor, – deydi Sanobar. – Oʻquvchilar mehnat darslarida tabiat qoʻynida oʻzlari ekkan gullarni parvarishlaydilar, hatto bundan zavq oladilar. Ularning qalblarida ona tabiatga mehr uygʻonadi bunday darslarda.

Hamisha hayotda oldinga intilib yashashga oʻrgangan bu tinib-tinchimas ayolning erishgan, erishayotgan yutuqlari bisyor. Ularning barchasini bitta maqolaga jo etish mushkul. Sanobar Xoʻjamurodovaning har bir oʻtayotgan ish kunlari haqida men oddiygina qilib Sanobar – ustoz, Sanobar – rahbar, xalq deputati, jamoat faoli, zukko va bilimdon repetitor, tashkilotchi va kuyunchak taʼlim fidoyisi va nihoyat oʻqimishli, tarbiyali farzandlarning mehribon onasi, jonajon buvisi degim keladi. Chunki oʻz mehnati bilan avvalo jamoasida, qolaversa, ustoz sifatida elda eʼzoz topgan bu ayolning jamiki, ezgu ishlarini xalq biladi, xoliq ham!

Kamtarin va samimiy doʻst, dilkash suhbatdosh, shoirqalb, uddaburon inson – Sanobar Xoʻjamurodovaning ezgu ishlarini davlatimiz ham katta hurmat va ehtirom ila “Qoraqalpogʻiston xalq oʻqituvchisi” degan yuksak maqom ila mukofotlaganligining oʻzi Sanobar Xoʻjamurodova shaxsiga berilgan eng katta bahodir.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026