Savodxonlik bayrami
55- sonli maktabda 22-dekabrʼ kuni “Alifbe - savodxonlik bayram” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nurbek Oʻrozboyev ochib berdi. Savodxonlik bayramida 1- A , 1- B, 1- V sinflar oʻquvchilari va ularning ota-onalari qatnashdilar.
Yangi yil archasi atrofida bolajonlar Oʻzbekiston madhiyasini joʻr boʻlishib kuyladilar va sevimli shoirlarimiz Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Zulfiya, Hamid Olimjon, Quddus Muhammadiy, Poʻlat Moʻʼmin sheʼrlarini yoddan oʻqib berdilar. Davraga kirib kelgan Qorbobo va Qorqiz bolajonlar quvonchiga-quvonch qoʻshdi. Turli xil ertak qahramonlari hamda Qorbobo va Qorqiz bilan raqsga tushgan kichkintoylarga Qorbobo sovgʻalar ulashdi. Davraga kirib kelgan “Alifbe” kitobi bilan xayrlashib, Oʻqish kitobi va Ona tili kitobini taqdim etgan ustozlariga bu fanlardan ham aʼlo oʻqish uchun soʻz berdilar.
Bolajonlarning ustozlari Gulchehra Qodirova, Bahoroy Arikova, Nasiba Safarboyevalarga hamda maktabning musiqa fani oʻqituvchisi Bahodir Atoyevlarga ota-onalar chin dildan minnatdorchilik bildirdilar.
Zuhra Ahmedova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶