Konstitutsiyamiz kuni keng nishonlandi
3- dekabr kuni Amudaryo agrobiznes kasb- hunar kollejida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazilib, unda kollej oʻquvchilari va oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Kollejning maʼnaviyat boʻlimi va ijtimoiy fanlar kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Konstitutsiyamiz – kelajagimiz poydevori” mavzusidagi ushbu tadbirni kollej direktori Z. Bekniyozov kirish soʻz bilan ochdi va barcha tadbir ishtirokchilarini Konstitutsiyamiz kuni bayrami bilan mubarakbod etdi.
Shundan soʻng kollejning ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fani oʻqituvchisi M. Yuldasheva va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi S. Yuldashevlar soʻzga chiqishib, konstitutsiyamiz haqida, uning jamiyatimiz va hayotimizda tutgan oʻrni haqida gapirdilar.
Tadbirning keyingi qismida kollej oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari va konsert dasturi namoyish etildi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶