HAMMAMIZGA OʻRNAK USTOZ
Xalqimiz azal-azaldan ilm, kasb-hunar oʻrgatgan kishilarni eʼzozlab, ustoz deya ehtirom koʻrsatib kelishadi. Agar ustoz yosh avlod haqiqiy fidoyisi boʻlsa, ularning kelajagi uchun bor iqtidori va kuch-gʻayratini safarbar etsa, elaro obroʻsi yanada ortadi.
Qipchoq ovulining Daryoboʻyi mahallasida joylashgan 65-sonli maktabda bunday muallimlar juda koʻp.
1990-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini matematika fani oʻqituvchisi ixtisosligi boʻyicha tugatib kelib, mazkur maktabda oʻz faoliyatini boshlagan Olimboy Ollaberganov shularning biri.
Maktabda dars beradigan sinflari oʻquvchilari uning har bir sabogʻini intiqib kutishadi va puxta oʻzlashtirishga intilishadi. Matematika fani sir-asrorlarini ilgʻor pedagogik texnologiyalardan, innovatsion usullardan foydalangan holda qiziqarli tarzda oʻtishga erishayotgan ustoz mehnatlari samarasiz ketayotgani yoʻq. U taʼlim bergan oʻquvchilar orasida Olimboy Ollaberganov kabi oʻqituvchi boʻlishga ahd qilganlar talay. Muqaddas Madiyorova, Feruza Qarovova, Roza Kamolovalar oliygohlarni matematika oʻqituvchisi ixtisosligi boʻyicha tugatgan boʻlsalar, shu sohani egallash uchun oliygohlarda tahsil olayotganlari ham bor.
Olimboy Ollaberganov qariyb oʻttiz yilga yaqin oʻqituvchilik tajribasiga ega ustoz sifatida bilganlarini yosh oʻqituvchilarga oʻrgatishdan ham charchamaydi.
Biz bagʻrikeng va fidoyi muallim Olimboy aka Ollaberganovga sharafli kasbingizdan baraka toping, deb qolamiz.
Toʻlqin SEYTMURODOV,
shu maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶