XALQ QABULXONASIDA AHOLINING 311 TA MUROJAATI IJOBIY HAL QILINDI
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2018-yilning 11 oyi davomida aholidan jami 393 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu murojaatlarning 205 tasi tuman hududidagi tashkilotlarga, 21 tasi esa yuqori tashkilotlarga koʻrib chiqish va hal qilish uchun yuborilgan, 167 ta murojaat boʻyicha Xalq qabulxonasining oʻzida tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mutaxassislari ishtirokida tushuntirishlar berilib, qonuniy yechim qabul qilindi.
Murojaatlar mazmunan 287 tasi ariza, 106 tasi esa shikoyatdir.
Kelib tushgan murojaatlarning 311 tasi qanoatlantirildi (shu jumladan, 184 tasi ijobiy hal qilindi. 112 tasi huquqiy maslahat va maʼlumot berish orqali qanoatlantirildi, 15 tasi asosli deb topilib, hal etilishi qoʻshimcha hujjat, muddat va oʻrganish talab qilingani uchun yaqin kunlar ichida oʻz yechimini topishi uchun harakat qilinayapti). 72 tasiga tushuntirishlar berildi. 10 ta murojaat boʻyicha esa hali oʻrganishlar davom ettirilayapti.
Bu murojaatlarning 36 tasi ish bilan taʼminlash, 27 tasi prokuratura faoliyatiga, 29 tasi moddiy yordam olishga oid, 62 tasi esa gaz, elektr, suv bilan taʼminlash xususida va 100 tasi turli masalalarga taalluqlidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶