Biz rus tili fani bilimdonlarimiz!
Tumanimizdagi 38-sonli maktabda xorijiy tillarni oʻrganishga bagʻishlangan adabiy-musiqiy tadbir ana shunday nomlandi.
Maktabning rus tili fani toʻgaragi aʼzolari ishtirokida boʻlib oʻtgan adabiy-musiqiy kechada 4- va 10-sinf oʻquvchilari oʻzlari yodlagan sheʼrlarini rus tilida ravon oʻqidilar.
Oʻquvchilarning rus tili boʻyicha lugʻat boyligini oshirish va bogʻlanishli nutqini oʻstirish, dunyoqarashini kengaytirish maqsadida rus tili fani darslarida soʻzlarning ohangiga koʻra toʻgʻri va aniq oʻqishni, oʻqiyotgan matn mazmunini tushunib, ongli oʻqishlarini taʼminlovchi lugʻat ustida ishlashni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Tadbirda oʻquvchilar matnni hikoya qilishda eng qulay taxlil turlarini ishlab chiqib, oʻqilgan matn, eshitilgan ertak, hikoya, sheʼr va ekrandagi tasvirlardan toʻgʻri xulosa chiqarib, ularga oʻz munosabatlarini rus tilida bayon etdilar.
Rus tili fani boʻyicha ishlab chiqilgan multimediyali ishlanmalar asosida kecha yanada qiziqarli boʻldi. Axborot texnologiyalari vositasida bolalar toʻgʻri talaffuz qilishni, matnni ifodali oʻqish koʻnikmalarini yaxshi egallaganlarini namoyish etdilar.
Bundan tashqari, yaqinlashayotgan yangi yil bayrami tabriklari va shuningdek, oʻrmon hayvonlari haqidagi ertaklarni bolalar juda chiroyli koʻrinishda koʻrsatib berdilar. Kechada rus tili fani oʻqituvchilaridan S.Gulmanova, A.Utegenova, N.Choriyeva, S.Tilovmuratova, Z.Saparboyeva, Sh.Xudoyberganovalar oʻquvchilarning rus tili fanini chuqur oʻzlashtirayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladilar.
Tadbir yakunida faol oʻquvchilarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar topshirilib, oʻquvchilar tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.
Muhabbat Atajanova, 38-sonli
maktabning rustili va adabiyoti
fani uslub birlashma rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶