Fan oyligi doirasidagi tadbirlarda oʻquvchilar zoʻr qiziqish bilan qatnashdilar
Til bilgan – el biladi. Bu ayni paytda davr talabiga ham aylanib bormoqda. Zamon bilan hamnafas yoshlarning til oʻrganishga boʻlgan qiziqishlari tobora ortmoqda.
Umumtaʼlim maktablarida fanlarni yanada chuqurroq oʻrgatish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishlarini oshirish, koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan fan oyliklarida kutilayotgan natijalarga erishilmoqda. Noyabr oyida 38- sonli maktabda oʻtkazilgan rus tili fan oyligi davomida ham oʻquvchilarning fanga doir bilimlari yanada kengaytirildi.
3-dekabr kuni maktabda fan oyligi yakunlanishi munosabati bilan katta tadbir oʻtkazildi. Oʻquvchilar va fan oʻqituvchilari S. Gulmonova, M Atajanova, A. Oʻtegenova, N. Choriyeva, S. Tilovmurodova, Z. Safarboyeva, Sh. Xudoyberganovalar hamkorligida tayyorlangan tadbirda sahnalashtirilgan rus xalqi ertagi namoyish etilib, rus shoirlarining sheʼrlaridan parchalar oʻqib berildi. Shuningdek, fan oyligi doirasida oʻtkazilgan ochiq oʻquv mashgʻulotlari, konkurslar va adabiy kechalarda faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantirildi.
Oylik doirasidagi mashgʻulotlar va tadbirlarda zoʻr qiziqish bilan ishtirok etgan oʻquvchilar tadbirda ham katta taassurot oldilar.
Iroda Yerdosheva,
38- sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶