DAVLAT-XUSUSIY ShEPIKLIK ASOSIDA ZAMONAVIY MTM ISh BOShLADI
Prezidentimizning 2017-yil 30-sentyabr kungi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Oʻzbekiston Pespublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori taʼlimning eng dastlabki va asosiy bosqichi boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalariga bolajonlarni qamrab olish darajasining oshishi, MTMlar faoliyatini samarali tashkil etish va maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat tarmoq hissasini oshirishda muhim huquqiy asos boʻlmoqda.
Amudaryo tumanida ayni kunda maktab yoshigacha boʻlgan bolajonlarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish darajasi 30 foizdan ziyodni tashkil qiladi. Shuning uchun ham joriy yilda 10 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan va bu borada amaliy ishlar qilinmoqda.
28-noyabr kuni tumanda navbatdagi davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTM oʻz faoliyatini boshladi. Mangʻit shahri markazida, Mangʻit dehqon bozori yonida joylashgan, ilgari foydalanilmay turgan ikki qavatli bino tadbirkor Manzura Jumaniyozovaga “nol” xarid qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan bepul berildi. “Oʻzsanoatqurilishbank”ning 1 mlrd 183 mln soʻmlik krediti va tadbirkorning oʻz mablagʻi hisobidan ushbu bino qayta rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy qiyofa kasb etdi.
“Amu quyoshi” nodavlat MTMga qarashli mazkur binoning foydalanishga topshirilishiga bagʻishlangan tadbirda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi maktabgacha taʼlim vaziri Jumagul Usnatdinova, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allaberganov, “Amu quyoshi” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi Sayyora Jumamurodova, ota-onalardan Mohira Xudoyberganovalar soʻzga chiqishib, bolajonlar uchun barcha imkoniyatlarga ega yangi muassasaning ish boshlashi bilan barchani qizgʻin qutladi.
Bayramona bezatilgan bino oldida ramziy tasma kesilib, 100 ta oʻringa ega mazkur muassasa shu kundan eʼtiboran rasmiy ravishda ish boshladi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶