10 nafar harbiy xizmatçilar turmuş örtoqlari iqtidori sinovdan ötkazildi

Keyingi yillarda harbiy xizmatçilarning turmuş şaroitlarini yaxşilaş, ularning oila aʼzolarining işdan böş vaqtlarida köngilli dam olişlariga imkoniyatlar yaratişga alohida eʼtibor berilmoqda.
Şunday saʼy-harakatlardan biri – yaqinda tumanimizda joylaşgan 92-02 D va 92-02 K harbiy qismlarida xizmat qilayotgan xizmatçilar turmuş örtoqlari orasida tanlov ötkazildi.
Harbiy qismlar rahbariyati va tuman Xotin-qizlar qömitasi hamkorligida taşkillaştirilgan uşbu tanlovda pazandalik, tikuvçilik, turmuş örtoğiga böyinboğ taqiş, farzandiga alla aytiş, kitobxonlik, bilimdonlik böyiça 10 nafar harbiy xizmatçilarning turmuş örtoqlari özlarining mahoratlarini namoyiş etdilar.
Aslida oddiydek köringan buningdek kundalik yumuşlarda ayollarning mohirligi, uquvliligi turmuş örtoğining mehrini qozonişida, oilaviy tinç-totuvlikni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Boisi, bu yumuşlarning ixlos bilan ado etilişi zamirida ayollarning eriga nisbatan hurmat-ehtiromi mujassamdir. Şu boisdan ham ön nafar harbiy xizmatçilar turmuş örtoqlari pişiriq pişiriş, 10 daqiqa içida harbiy libosga 4 dona katta, 4 dona kiçik tugma qadaş, tezlik bilan çiroyli qilib böyinboğ qadaş, mayin ovozda mazmunli alla aytiş, özbek va jahon adabiyoti namunalaridan öqigan eng sara asarlari sonini aytib, ulardan birining mazmunini sözlab beriş orqali, şuningdek, uyda mehmon kutiş, ovqatlaniş, kiyiniş va bola tarbiyasi, oilaviy hayotga taalluqli savollarga aniq va lönda javob beriş orqali bilimdonligini namoyiş etiş kabi şartlarni juda oson va köngilli tarzda ado etdilar, tanlov xuddi bayram tusini oldi. Iştirokçilarning tanlov şartlarini ado etişini yaqinlari qarsaklar bilan qöllab-quvvatlab, ruhlantirib turdilar.
Tanlov natijalariga köra ğoliblar aniqlanib, esdalik sovğalari bilan rağbatlantirildi.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶