Yerlarni kuzgi shudgorlash ishlari qizgʻin pallaga kirdi

Oʻtayotgan yilni katta mehnat muvaffaqiyatlari bilan yakunlagan tumanimiz qishloq xoʻjaligi mehnatkashlari 2019-yil hosili uchun tayyorgarlik ishlarini ham boshlab yuborishdi. Ayni kunlarda barcha fermer xoʻjaliklarida paxta maydonlarini gʻoʻzapoyalardan tozalash, ichki ariq va zovurlarni qazib, sugʻorish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari jadal surʼatlarda olib borilayapti.
Ota-bobolarimizning “Yer haydasang kuz hayda” degan hikmatli soʻzlariga amal qilgan tumanimiz fermerlari ekin maydonlarini kuzgi shudgorlash ishlarini ham qizgʻin davom ettirmoqdalar.
Tumanning Qilichboy, Doʻrman, Toʻlqin va Oʻrta qalʼa ovullaridagi fermer xoʻjaliklarida shudgorlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Tumanda jami 13 ming gektar yerni sifatli shudgorlash maqsadida 118 ta haydov traktorlaridan unumli foydalanilmoqda.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶