Yangi tashkil etilgan “Ruhiyat olamida” toʻgaragiga maktabda oʻquvchilar faol qatnashishmoqda
Tumandagi 38- sonli umumtaʼlim maktabida amaliyotchi psixologlar tomonidan “Ruhiyat olamida” toʻgaragi tashkil etildi. Toʻgarakka maktabning barcha oʻquvchilari jalb qilindi.
Kichik va oʻsmir yoshdagi oʻquvchilarda oʻzining shaxsiy chegaralarini anglash va oʻzgalarga hurmat koʻrsatish, oʻziga ishonch, boshqalarni ham tushuna bilish tuygʻularini mustahkamlash bilan birga ertangi kunga va muvaffaqiyatga intilish koʻnikmalarini hosil qilish maqsadida tashkil qilingan toʻgarakda turli mavzudagi mashgʻulotlardan tashqari treninglar, suhbat va tanlovlar oʻtkazilmoqda.
Toʻgarakning mashgʻulotlar boʻyicha ish rejasiga muofiq “Yurak yashash zavqi bilan band” , “Men hayotdan zavqlanaman”, “Hayot goʻzal!” kabi mavzularda tadbirlar ham tashkil etilib borilmoqda. Maktabdagi 1- sinflarda tahsil olayotgan oʻquvchilarning dars jarayonlariga moslashuvini, 5 – 11- sinf oʻquvchilari oʻrtasida ruhiy yaqinlik, sinfning idrok etilishi hamda oʻquvchilar oʻrtasidagi ruhiyat iqlimini oʻrganish boʻyicha metodikalar oʻtkazilib, monitoringlar orqali natijalar oʻrganilmoqda.
O. Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶