18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:26
Jamiyat 👁 1,203

NOQONUNIY TURAR JOYLARGA KADASTR HUJJATLARI TAQDIM ETISh BOʻYIChA AKTsIYa DAVOM ETMOQDA

NOQONUNIY TURAR JOYLARGA KADASTR HUJJATLARI TAQDIM ETISh BOʻYIChA  AKTsIYa DAVOM ETMOQDA

Maʼlumki, shu yilning 21-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida» 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari haqida»gi 461-son Qarori qabul qilingan edi. Mazkur Qarorga muvofiq kelasi yilning may oyiga qadar Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik aktsiya oʻtkazilmoqda.

Ayni paytda aktsiya belgilangan tartib-taomillarga koʻra oʻtkazilmoqda. Tumanimizda ham oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi eʼtirof etilishi boʻyicha 300 nafar fuqaro murojaat etgan boʻlib, shu kunga qadar 70 nafar fuqaroga mulkni eʼtirof etish boʻyicha qaror chiqarib berildi va murojaat qanoatlantirildi. 38 nafar fuqaroning arizasi esa 461-son qaror talablariga toʻgʻri kelmaganligi sababli rad etildi. Qolgan fuqarolarning arizalari koʻrib chiqilmoqda.

Belgilangan tartibga koʻra mulk huquqi eʼtirof etilishi uchun fuqaro davlat xizmatlari markazi orqali tuman hokimining nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga murojaat etuvchining pasporti nusxasi, oila aʼzolari haqida, shuningdek, yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼlumotnomalari ilova qilinadi.

Davlat xizmatlari markazi xodimi hujjatlarni qabul qilib olganidan keyin hujjatlar paketi axborot tizimi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman filialiga yuboriladi.

Filial vakili uch ish kuni mobaynida joyiga chiqqan holda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni oʻrganib, uning planini shakllantiradi, uni ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman komissiyasining aʼzolariga yuboradi.

Komissiya aʼzolari 5 kalendar kun mobaynida imoratni joyiga borgan holda oʻrganadilar va filialga oʻz xulosalarini taqdim etadilar.

Dalolatnomada oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni eʼtirof etish mumkinligi koʻrsatilgan boʻlsa, shu kuniyoq eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida yigʻim toʻlash uchun hisobvaraq-faktura shakl-lantiriladi. Murojaat etuvchi 4 ish kuni mobaynida toʻlovni amalga oshiradi.

Komissiya dalolatnomada oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish mumkin emasligi toʻgʻrisida xulosaga kelgan boʻlsa, shu kuniyoq rad etish asoslari koʻrsatilgan tegishli xatni davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etuvchiga yuboradi.

Rad etish haqidagi xatda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan fuqaro bir martalik aktsiya muddati tugagunga qadar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan huquqni eʼtirof etishni soʻrab yana murojaat qilishga haqli.

Komissiya qaroridan norozi boʻlgan taqdirda qaror ustidan yuqori turuvchi viloyat yoki respublika darajasidagi komissiyaga yoxud sudga shikoyat qilish mumkin.

Bir martalik aktsiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish mumkinligi toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalari bekor qilinadi. Shunday ekan, aktsiyaning amal qilish muddati davomida – kelasi yilning may oyiga qadar tumanimiz fuqarolari oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlariga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etishni soʻrab, tuman Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilishlari mumkin.

Jasur Norimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi yer tuzish va

koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining

tuman filiali boshligʻi vazifasini bajaruvchi.

Nafisa XUDOYBERGANOVA,

tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026