“XALQ KUTUBXONASI” HAQIQIY MAʼNAVIYaT MASKANIGA AYLANMOQDA


Shu yilning sentyabr oyida Doʻrman ovul fuqarolar yigʻini huzurida tuman hokimligi va “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati hamkorligida “Xalq kutubxonasi” tashkil etilib, unga 600 ta kitob sovgʻa qilingan edi. Shu oʻtgan qisqa davr ichidayoq kutubxona aʼzolari soni 100 nafarga yaqinlashib qoldi.
-Bu kutubxonaning tashkil etilgani ovulimiz aholisi uchun juda yaxshi boʻldi, -deydi ovuldagi Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji psixologi Ravshanoy Jumaniyozova. – kutubxonaning nafaqat yoshlar bilan, balki nuroniy onaxonlaru-otaxonlar bilan ham gavjum boʻlayotganini koʻrib, yurtdoshlarimizning haqiqatan kitobsevar xalq ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilayapmiz. Biz ushbu kutubxonamiz kitob jamgʻarmasining yanada koʻpayib, haqiqiy maʼnaviyat maskaniga aylanishini istaymiz.


Doʻrman ovulida tashkil etilgan ushbu “Xalq kutubxonasi” dagi ishlarni tashkil etishga, keksayu-yosh kitobxonlar bilan suhbatlashib, ularning hohishi va istaklarini oʻrganib borishga ovul fuqarolar yigʻinida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimida faoliyat koʻrsatayotgan Yaqitjon Boltayeva bosh-qosh boʻlayotir.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶