XAYR-SAXOVAT TADBIRIDA FAOL QATNAShING!
1992-yil may oyida Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov “Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Bu bilan jamiyatning mustaqil milliy jamiyat mavqeini olishiga yuridik asos solindi. Oʻzbekiston Qizil yarim oy milliy jamiyati xalqaro miqyosda tan olingandir.
Bugungi kunda jamiyat butun mamlakatimiz hududida faoliyat yuritadi va uning tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat, Toshkent shahri va Temir yoʻl mintaqaviy tashkilotlari kiradi.
Jamiyat erkin va mustaqildir. Uning daromadlar manbai – aʼzolik badallari, muassasa, tashkilot va korxonalar ajratmalari, mablagʻ yigʻish milliy dekadasi paytida tushgan mablagʻlardir.
Shu boisdan ham mamlakatimiz boʻylab har yili noyabr oyining ikkinchi oʻn kunligida Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati hisob raqamiga mablagʻ toʻplash xayriya oʻn kunligi oʻtkazib kelinmoqda.
Tumanimizda ham Qizil yarim oy jamiyati tuman tashkilotining hisob raqamiga mablagʻ yigʻish xayriya oʻn kunligini uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida joriy yilning oktyabr oyida tuman hokimining farmoyishi qabul qilindi va farmoyishga muvofiq xayriya oʻn kunligini oʻtkazishda jamiyat tuman boʻlinmasiga koʻmaklashuvchi ishchi guruh tuzildi.
Anʼanaviy tarzda har yili noyabr oyining ikkinchi oʻn kunligida oʻtkaziladigan jamiyat hisobiga mablagʻ toʻplash dekadasini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun saʼy-harakatlar boshlanib ketdi.
Tumanimiz aholisidan jamiyat moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va hisob raqamiga xayriya mablagʻlarini oʻtkazishda tashabbuskorlik koʻrsatishini soʻraymiz. Zero, mehr-muruvvat – insoniylik fazilatidir.
Jumaboy YaVQAShEV, Qizil yarim oy jamiyati
tuman boʻlimi ijrochi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶