Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi
Amudaryo tumanidagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar qilinishining oldini olish maqsadida turli tarbiyaviy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan joriy yilning 10-oktyabr kuni maktabda Boy ovul mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika noziri Inoyat Bobojonov ishtirokida oʻtkazilgan tadbir ham huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish masalasiga bagʻishlandi.
Ushbu tadbirda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Rahima Saparboyeva va Yoshlar ittifoqi yetakchisi Dildora Nuraddinovalar soʻzga chiqishib, maktabda yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdilar.
Boy ovul mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika noziri Inoyat Bobojonov oʻquvchilarning barcha savollariga javob qaytardi va huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oqibatlari haqida aniq tushunchalar berdi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶