Tadbir oʻquvchilarda ona tilimizga hurmat, chuqur oʻrganishga ragʻbat uygʻotdi.
21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham keng nishonlandi. Jumladan 49- sonli maktabda ham sana munosabati bilan badiiy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
20-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan tadbirda maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilardan tashqari ota-onalar ham ishtirok etdilar.
“Ona tilim – jonu dilim” deb nomlangan ushbu tadbirni maktab direktori Shukurboy Oyimbetov tabrik nutqi bilan ochdi.
Maktab musiqa fani oʻqituvchisi Gulbozor Karimova boshchiligida oʻqituvchilar va oʻquvchilar jamoasi hamkorligida tayyorlangan tadbir qatnashchilari avvalo shu xususda Gulchehra Botirovaning maʼruzasini tingladilar. Oʻzbek tilining boy imkoniyatini, jozibasini ifodalovchi sheʼrlar yangradi. Maktab badiiy havaskorlari ijrosida tayyorlangan maxsus kontsert dasturi barchaga zavq bagʻishladi.
Tadbir oʻquvchi-yoshlarga ona tilimizga hurmat, chuqur oʻrganishga ragʻbat uygʻotgani bilan ahamiyatli boʻldi.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶