24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 22:55
Jamiyat 👁 1,045

25-oktyabr - Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni

25-oktyabr - Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni

Tinch va osoyishta yashash har bir xalqning orzu-istagidir. Qaysiki yurtda osoyishtalik barqaror boʻlsa, taraqqiyot jadallashadi, turmush farovon boʻladi. Yurtimizdagi  tinchliksevar xalqlarning osuda hayot kechirishini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlari alohida oʻrin egallaydi.

Mamlakatimizda ichki ishlar tizimida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Sohadagi islohotlar eng avvalo fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari,  mulklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishga, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlashga qaratilganligi bilan juda katta ahamiyat kasb etmoqda va bundan butun xalqimiz mamnun boʻlmoqda. Oʻtkazilayotgan tub islohotlar natijasida ichki ishlar organlari jamiyat va davlat hamda xalq manfaatlarini himoya qiladigan tuzilmaga aylanmoqda.

Ichki ishlar organlari tizimida soʻnggi yillarda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlash hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish profilaktikasi kabilar boʻyicha ijobiy natijalarga erishilmoqda. Bu borada “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”, “Tezkor qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qabul qilingan qonunlar va boshqa qonunosti hujjatlar ham muhim asos boʻlmoqda. Ayniqsa, tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash vazifalari, huquq va majburiyatlari qonun darajasida belgilanganligi, soha xodimlarining ijtimoiy himoya qilinishiga eʼtibor qaratilganligi xodimlarni nihoyatda ruhlantirib, ishdagi samaradorlikni yanada orttirmoqda.

Oʻz navbatida tinchlik-osoyishtalikning barqarorligini taʼminlashga, aholining turmush farovonligini oshirish va taraqqiyotni yanada jadallashtirishga xizmat qilayotgan mazkur qonunlar ijrosi soha xodimlari tomonidan izchil amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning taklifiga koʻra “Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni” deb belgilangan har payshanba kunida fuqarolar murojaati asosida muammolar oʻrganilib, tezkorlik bilan jinoyatlarning oldi olinmoqda va kamayishiga erishilmoqda. Shuningdek, har chorshanba kuni oʻtkazilib kelinayotgan “Yongʻin profilaktikasi kuni” esa aholi, korxona, tashkilot, muassasalarda olib borilayotgan tushuntirish-tashviqot ishlari natijasida yongʻin hodisalarining oldi olinmoqda.

Tumanimizda mazkur yilning 9 oyi davomida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan jinoyat sodir etilish holatlari 85 taga, yaʼni 55,1 foizga, jinoyat qidiruv yoʻnalishidagi jinoyatlar 44 taga, 44,4 foizga, ayollar jinoyatchiligi 53,3 foizga, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 100 foizga kamaydi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha mahallalarda hamkorlikda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida esa tumandagi 47 ta ovul va mahallalardan 21 tasida birorta ham jinoyat qayd etilmadi.

Ichki ishlar boʻlimining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan shu kunga qadar 124 ming 325 nafar fuqaroning pasportlari yangi biometrik pasportga almashtirildi. Tumanning chekka hududlarida yashovchi 72 nafar nogironligi boʻlgan va keksa yoshdagi fuqarolarga ham joyiga borib, xizmat koʻrsatildi. Qoʻriqlash boʻlinmasi tomonidan ham jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan mulklar, 193 ta turli obʼektlar texnik kuzatuv pulti orqali nazorat qilinmoqda. Shuningdek, turli texnik moslamalar yordamida qoʻriqlanib, ularning xavfsizligi taʼminlanmoqda. Yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida yoʻl-transport hodisalari oʻtgan yilga nisbatan 42 foizga kamayishiga erishildi.

Oʻz xizmat vazifasini fidoyilik bilan bajarayotgan profilaktika inspektorlarining 33 nafari Prezidentimiz tashabbusi bilan bevosita xizmat olib borayotgan hududlarda xizmat uy-joylari va uzoq muddatga imtiyozli shart asosida shaxsiy avtomashinalar bilan taʼminlandi. Bu, albatta, jinoyatchilikning oldi olinishiga xizmat qilmoqda.

Shu oʻrinda aytish joizki, ichki ishlar boʻlimi boshligʻiga qarashli 3-sektor hududidagi aholi duch kelayotgan barcha muammolar ham joyida oʻrganilib, tezda bartaraf etilmoqda. Aholiga munosib turmush tarzini yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar koʻrib borilmoqda.

Sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda tegishli qonunlar ijrosini taʼminlab, islohotlar samaradorligini oshirishda faollik koʻrsatish har birimizning zimmamizdagi asosiy vazifa qilib belgilangan. Bu vazifamizni sidqidildan ado etish bilan birga jamiyatda qonun ustuvorligiga erishilishiga,  jamoat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qilish hamda har bir fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bizning burchimizdir.

 

Dilshodbek IBRAGIMOV, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026