JAMIYaTDA ÖQITUVÇI KASBINING NUFUZINI OŞIRIŞGA QARATILGAN NAVBATDAGI QADAM
Mamlakatimizning köplab sohalarida yuz berayotgan özgarişlar qatorida xalq taʼlimi tizimi ham çetda qolmadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq taʼlimini boşqariş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-5538-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonda uşbu sohadagi mavjud muammo va kamçiliklar sanab ötilişi bilan birga xalq taʼlimi tizimini isloh qilişning asosiy yönalişlari ham belgilab berildi.
Şuningdek Farmonga muvofiq, umumiy örta taʼlim davlat taʼlim standartlari va maktabdan taşqari taʼlimga qöyiladigan davlat talablari umumiy örta taʼlimni moliyalaştiriş uçun Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablağlar hisobga olingan holda Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan böldi.
Endilikda Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boşqarmalari va Toşkent şahar xalq taʼlimi boş boşqarmasi rahbarlari, tuman (şahar) xalq taʼlimi bölimlari, şuningdek, Vazirlikka idoraviy mansub boşqa taşkilotlar va muassasalar boşliqlarini lavozimga tayinlaş va lavozimdan ozod etiş mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan kelişilmasdan Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri tomonidan amalga oşiriladigan böldi.
2019-yil 1-yanvardan boşlab Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspektsiyasi tomonidan (keyingi örinlarda — Davlat inspektsiyasi) tumanlar va şaharlar kesimida tanlaş asosida umumtaʼlim muassasalari faoliyati samaradorligi böyiça reytingi (keyingi örinlarda — reyting) tuziladi. Reyting yakunlari ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspektsiyasining veb-saytida keyingi öquv yili boşlanişidan keçiktirmay joylaştiriladi.
2019-yil 1-yanvardan boşlab umumtaʼlim muassasalari xodimlari bölgan pensionerlarga, ularning uşbu muassasalardagi faoliyati asosiy iş joyi hisoblangan taqdirda, pensiya töliq miqdorda tölanadi;
2019-yil 1-martdan boşlab davlat umumtaʼlim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qiliş tartibi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
Bundan taşqari, Farmonga muvofiq 2018-yil 1-oktyabrdan boşlab umumtaʼlim muassasalarining vasiylik kengaşlarini tugatiş belgilanib, ularning örnida tarkibiga muassasa faoliyatiga jiddiy hissa qöşişga qodir eng faol ota-onalar, bitiruvçilar, homiylar va boşqa şaxslar kiritiladigan, yuridik şaxs maqomisiz umumtaʼlim muassasalarining kuzatuv kengaşlarini taşkil etiş nazarda tutilmoqda.
Bir söz bilan aytganda muhtaram Prezidentimizning mazkur farmoni jamiyatda öqituvçi kasbining nufuzini oşirişga qaratilgan navbatdagi qadamlardan biri deb xisoblaymiz.
Möminjon Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶