14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 15:31
Fan va taʼlim 👁 1,080

OʻQITUVChILIK – ENG ULUGʻ KASB

OʻQITUVChILIK – ENG ULUGʻ KASB

Agar dunyo ichida eng ulugʻ maskan maktab boʻlsa, kasblar ichida eng ulugʻi – oʻqituvchilik kasbidir. Bobokalonimiz Alisher Navoiy taʼbiri bilan aytganda:

Haq yoʻlida kim sanga bir harf oʻrgatmish ranj ila,

Aylamak boʻlmas ado uning haqin yuz ganj ila.

Ilk bor qoʻlimizga qalam tutqazib, bizga yozishni, oʻqishni oʻrgatgan, taʼlim bergan ustozlarimizga qancha rahmat aytsak, qancha taʼzim aylasak ham oz. Ular bizga taʼlim berish bilan birga tarbiya ham berib boradilar. Kelajak haqidagi orzu-istaklarimizni amalga oshirishda ularning oʻrni beqiyos. Ustozlarimiz bizga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatguvchi chiroq kabidir.

Oʻqituvchilik kasbi ulkan masʼuliyatni talab qiladi. Sababi yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish, ularni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash aynan ularning zimmasiga yuklatilgan. Bugungi kunda yuksak marralarni zabt etayotgan yoshlarimizni koʻrib, ustozlarimiz oʻz vazifalarini naqadar aʼlo darajada uddalayotganiga yana bir karra amin boʻlamiz.

Har kim maktab ostonasiga qadam qoʻyar ekan, butun vujudini katta hayajon bilan quvonch, faxr-iftixor tuygʻulari chulgʻab oladi. U yerda bizni birinchi ustozimiz kutib oladi. Qoʻlimizga qalam tutqazib, qalbimizda maktabga va kitoblarga mehr uygʻotadi.

Men ham maktabda oʻqib yurgan chogʻlarimdan ustozlarimga havas bilan qarardim. Ularning oʻzlaridagi bilimni mehr bilan oʻquvchilarga berishi, samimiy munosabatlari mening oʻqituvchilik kasbini tanlashimga sabab boʻldi.

Men bu yil Nukus Davlat Pedagogika institutining biologiya fakultetini tugatib, tumandagi 12-sonli umumtaʼlim maktabida biologiya fani oʻqituvchisi boʻlib ish faoliyatimni boshladim.

Maktabda, oliy oʻquv yurtida taʼlim bergan ustozlarim va oilamizda ham shu kasbda faoliyat koʻrsatayotgan akalarim va opam kabi oʻquvchilarning hurmatini qozonib, ularning sevimli ustoziga aylanishga harakat qilmoqdaman. Ayniqsa, maktabda biologiya fanini ilk bor oʻrgatgan ustozim Bahodir aka Doʻsimbetovdan olgan bilimlarim, uning pand-nasihatlari ilk dars jarayonlaridanoq menga juda qoʻl kelmoqda. Ustozimning ish tajribalaridan kelib chiqib, oʻquvchilarga oʻrgatgan nazariy bilimlarni amalda koʻrsatib, mustahkamlash maqsadida ularni tabiat qoʻyniga sayohatga olib chiqib, hayvonot va oʻsimlik dunyosi bilan tanishtirishni rejalashtirdim. Oʻquvchilar ishtirokida turli tadbir va tanlovlar ham oʻtkazib, ularning qiziqishini yanada orttirishni ham koʻzda tutmoqdaman. Shuningdek, maktabimizning 6-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida fan boʻyicha toʻgarak faoliyatini yoʻlga qoʻydik. Bu yilgi oʻquv yilida oʻtkaziladigan Fanlar olimpiadasiga ham oʻquvchilar bilan birgalikda tayyorgarlik koʻrishni boshlab yubordik va faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishni maqsad qilmoqdamiz.

Men ish faoliyatim davomida oʻqituvchilik kasbining sharafli boʻlishi bilan birga maʼsuliyatli ekanligini ham his qilmoqdaman. Kelgusida oʻz bilimimni va mehrimni ish faoliyatimni boshlagan 12-sonli umumtaʼlim maktabida yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishdek sharafli vazifani ado etishga bagʻishlayman. Shu bilan birga doimiy izlanishni, pedagoglik mahoratimni rivojlantirib borishni maqsad qilib qoʻydim va shunga harakat qilaman.

Qalbi daryo aziz ustozlar va hamkasblar! Sizlarni 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Oʻqituvchilikdek sharafli kasbingizdan kamol topib, elimiz ardogʻida yurishingizni tilayman.

Sohiba Kenjaboyeva, 12-sonli maktabning

biologiya fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019