Amudaryolik bir guruh oʻqituvchilar faxriy unvonlar va esdalik nishonlari bilan mukofotlandi
27-sentyabr kuni Amudaryo tumanidagi "Bek" toʻyxonasida 1-oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan oʻqituvchilardan 67-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Habiba Qoʻshayeva hamda 12-sonli maktab direktori Mahmud Qutlimurodovlar “Oʻzbekiston Pespublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi”, 50-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Sayyora Tojiboyeva, 26-sonli maktabning informatika fani oʻqituvchisi Akbarali Shomurodov, 62-sonli maktabning biologiya fani oʻqituvchisi Zokir Atayev, 22-maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Madamin Pahimov, 41-maktabning tarix fani oʻqituvchisi Inʼomjon Tursunboyev, 52-sonli maktab direktori Qodirbergan Eshchonovlar esa “Qoraqalpogʻiston Pespublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.
Maktabda taʼlim-tarbiya va obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil qilgan 50-maktab direktori Alisher Yeshniyozov va 20-sonli maktab direktori Erkin Qurbonboyevlarga tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalari berildi. Shuningdek, barcha maktablardagi taʼlim sohasida koʻp yil mehnat qilgan, jamoat ishlarida faol boʻlgan, oʻquvchilarning estetik tarbiyasini oshirishda hissa qoʻshgan va mohir sportchi-oʻquvchilari nufuzli musobaqalarda gʻolib boʻlgan qator oʻqituvchilarga ham bayram sovgʻalari topshirildi.
Bayram arafasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining qarori bilan 40-sonli maktab oʻqituvchisi Sanobar Xoʻjamurodova "Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi" faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
Mehnatlari eʼtirof etilgan barcha oʻqituvchi va murabbiylarni tahririyatimiz nomidan ham tabriklaymiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶