Bolajonlarning sevimli maskani


Maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilar uchun yetarli sharoitlar yaratilmoqda. Muassasalar zamonaviy uslubda qayta taʼmirlanib, yangidan jihozlanmoqda.
Tumanimizda ham 49 ta maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud. Muassasalarda 15476 nafar kichkintoylar tarbiyalanmoqda. Tarbiyalanuvchilar uchun yanada yaxshi shart-sharotlar yaratish va muassasalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida tumanda yil davomida Investitsiya dasturiga muvofiq 4 ta maktabgacha taʼlim muassasasida rekonstruktsiya va qayta taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Tumandagi 40-son maktabgacha taʼlim muassasasida ham taʼmirlash ishlari olib borilib, zamonaviy qiyofaga keltirildi. Muassasa hovlisi va atrofi ham koʻkalamzorlashtirilib, obodonlashtirildi. Barcha guruhlar uchun ajratilgan xonalar yangi jihozlar, har xil oʻyinchoqlar va oʻquv qurollari bilan taʼmirlanib bolajonlar uchun qulay holatga keltirildi.
Bu yerda yaratilgan qulayliklar ota-onalarga ham juda manzur boʻldi - , deydi muassasa mudirasi Sharifa Seyitova. – Biz bolajonlarga yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashgʻulotlar oʻtkazishni ham yoʻlga qoʻymoqdamiz.
40-son maktabgacha taʼlim muassasasida 7 ta guruhda 180 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Kichkintoylar tarbiyasi bilan 12 nafar malakali tarbiyachilar shugʻullanishadi. Muassasada tasviriy sanʼat, ingliz tili, shaxmat-shashka, badiiy gimnastika va raqs kabi toʻgaraklar tashkil etilgan. Mashgʻulotlarda shugʻullanayotgan kichkintoylar oʻz mahoratlarini turli tadbirlar va tuman miqyosida oʻtkazilayotgan bayram tomoshalarida namoyish etib olqishlariga sazovor boʻlishmoqda.
tarbiyalanayotgan bolajonlar vaqtlarini qiziqarli va mazmunli oʻtkazishmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶