Toshyop ovulida gʻisht ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat yuritmoqda
Toshyop ovulida qarovsiz yotgan hududda gʻisht ishlab chiqarish “Amudaryo qishloq qurilish servis” masʼuliyati cheklangan jamiyatining faoliyat boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Biroq tayyorlanayotgan gʻishtlar pishiqligi va sifatliligi bilan mijozlarga manzur boʻlmoqda. Korxonaning “Qishloqqurilishbank” tuman filialining 3 mlrd. soʻmlik krediti hisobiga Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologiyalarda kuniga ishlab chiqarayotgan 45-50 ming dona atrofidagi gʻishtlari shuning uchun ham haridorgir boʻlayapti.
Ayni kunda bu yerda 25 nafar ishchilar mehnat qilishadi va faqat xom gʻishtlar tayyorlanmoqda. Yaqinda tayyorlanayotgan ikkita xumbuzda pishgan gʻishtlar ham tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Mahsulotlar peshma-pesh sotilayotgan tufayli ishchilarga oylik maoshlari oʻz vaqtida berib borilayotir.
Tumanimiz aholisining qurilish materiallariga boʻlgan ehtiyojini qoplashga oz boʻlsa-da hissa qoʻshayotganimizdan xursandmiz – deydi MChJ raisi Javlon Otajonov.
O.Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶