Yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida koʻrik-tanlov oʻtkazildi
yilning 7-sentyabr kuni “Amudaryo paxta tozalash” AJ binosida joriy yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarning oldini olish, paxta tozalash korxonasi va paxta qabul qilish maskanlarining yongʻinga qarshi holatini yanada yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi va «Qoraqalpogʻiston mintaqaviy paxta terminali» MChJ hamkorligida koʻrik-tanlov oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlovga Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalari va paxta qabul qilish maskanlari hamda barcha shahar va tuman Yongʻin xavfsizligi boʻlim hamda boʻlinmalari boshliqlari qatnashdi.
Ushbu koʻrik-tanlov 3 ta nominatsiya boʻyicha, yaʼni «Yongʻin xavfsizligini taʼminlashda namuna boʻlgan paxta tozalash korxonasi», «Yongʻin xavfsizligini taʼminlashda namuna boʻlgan paxta qabul qilish maskani» hamda «Paxta tozalash korxonalari va paxta qabul qilish maskanlarida eng yaxshi yongʻin oʻchirish avtomobili haydovchisi» nominatsiyalari boʻyicha oʻtkazildi.
«Yongʻin xavfsizligini taʼminlashda namuna boʻlgan paxta tozalash korxonasi» nominatsiyasida «Amudaryo paxta tozalash» AJ gʻolib deb topildi.
«Toʻrtkoʻl paxta tozalash» AJ qoshidagi paxta qabul qilish maskani esa «Yongʻin xavfsizligini taʼminlashda namuna boʻlgan paxta qabul qilish maskani» nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.
«Paxta tozalash korxonalari va qabul qilish maskanlarida eng yaxshi yongʻin oʻchirish avtomobil haydovchisi» deya «Toʻrtkoʻl paxta tozalash» AJdan K.Atajanov eʼtirof etildi.
Koʻrik-tanlov gʻoliblariga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.
Hamro Matyoqubov,
tuman YoXB boshligʻi, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶