Qipçoqlik kitobsevarlar uçun “Xalq kutubxonasi” oçildi (+video)


Yaxşi kitob – köngil hamdami, eng yaqin döst, maslahatgöy va sirdoş, deydilar. Yaxşi kitobxon esa dunyoqaraşi keng, fikri teran, xulq-atvori gözal, munozarada dadil va öktam böladi. Vaholanki, jamiyatimizga ana şunday axloqi pokiza, ilm-u fitrati baland, oqil insonlar kerak.
Tuman hokimligining yordami bilan “Taraqqiyot közgusi” gazetasi hamkorligida amalga oşirilayotgan kitobxonlik tarğiboti, tumanimizning çekka ovul va mahallalarida taşkil etilayotgan “Xalq kutubxonalari” jamiyatimizni maʼnan yuksaltiriş, ösib kelayotgan yoş avlodning intellektual salohiyatini rivojlantiriş, yoşlar ongida maʼnaviy merosimizga çuqur hurmat va ehtirom tuyğularini şakllantiriş hamda istiqlol ğoyalariga sadoqat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan.
Bugungi kunda Kuyuk köpir, Dörman ovullari hamda Gulzor mahallasida tuman hokimligi yordami bilan gazeta tahririyati hamkorlikda taşkil etgan Xalq kutubxonalari yuzlab kitobsevarlarga xizmat qilmoqda.



Şu yilning 12-sentyabr kuni Qipçoq şaharça fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida ham ana şunday “Xalq kutubxonasi” öz faoliyatini boşladi. Mazkur maʼnaviyat maskanining oçiliş marosimida “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati boş muharriri Ğulomjon Yeşniyozov, jurnalist Pobiya Yöldoşeva, Qipçoq ŞFY raisi Nuraddin Xolboyev, şaharça faollaridan Allambergan Yöldoşev, öquvçi-yoşlardan Izzat Örozboyev, Samandar Iskandarovlar mamlakatimizda, xususan tumanimizda maʼnaviy-maʼrifiy sohaga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va rağbat haqida gapirdilar. Öz navbatida qipçoqlik yoşlar bu ğamxörlikdan mamnun ekanliklarini, şaharça fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida öz faoliyatini boşlagan “Xalq kutubxonasi” kitob jamğarmasini yanada boyitiş borasidagi takliflarini bildirdilar.
Şu kuni “Xalq kutubxonasi”ning keng va şinam öquv zali 11-sonli maktabning kitobsevar öquvçilari va yiğin faollari bilan gavjum böldi va köpçilik yoşlar kutubxona aʼzoligiga qabul qilindilar.




Maxsus muxbirimizdan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶