Birinchi oʻqish kuni koʻtarinki kayfiyat bilan boshlandi
Tumandagi barcha maktablarda bilimlar kuniga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilib, darslar boshlab yuborildi.
5-sentyabr kuni 38-sonli maktabda ham bayramona bezatilgan hovlida bilimlar kuni munosabati bilan katta tadbir oʻtkazildi. Oʻqituvchi va oʻquvchilar, 1-sinfga qabul qilingan bolajonlar hamda ota-onalar ishtirok etgan tadbirni maktab direktori Ilhom Madrahimov ochib berdi.
Tadbirda maktab direktori Ilhom Madrahimov, direktor oʻrinbosari Zoya Bobojonova, Nodira Qurbonboyevalar barchani yangi oʻquv yili bilan qutlab, fanlarni yaxshi oʻzlashtirish, jamoat ishlarida faol ishtirok etish, maktab ichki tartib-qoidalariga toʻliq rioya etish, boʻsh vaqtlarda fan toʻgaraklariga qatnashish lozimligini ham aytib oʻtdilar. Shundan soʻng, 1-sinfga qabul qilingan 75 nafar oʻquvchiga maktab ruhshunosi Nilufar Tojimurodova boshchiligida Prezident sovgʻalari: maktab sumkasi va zarur oʻquv qurollari topshirildi.
Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan namoyish etilgan musiqiy dastur tadbirga oʻzgacha fayz kiritdi hamda maktab oʻqituvchi, oʻquvchilari birinchi oʻqish kunini xushnud va koʻtarinki kayfiyat bilan boshladilar.
Raʼno Avezmurodova,
38-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶