TOSh YoP OVULI HUDUDIDA 1 GEKTARLIK ISSIQXONA QURILAYaPTI
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar elim, yurtim deb yonib yashaydigan, bor kuch-gʻayratini Vatanimiz ravnaqi yoʻlida safarbar etishga shay ishbilarmonlar faoliyatiga keng yoʻl ochmoqda.
2011-yildan beri samarali faoliyat yuritib kelayotgan “Mangʻit Invest plyus” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonamizda joriy yilda jahon Taraqqiyot bankining krediti hisobiga Tosh yop ovulida 1 gektarlik hududda issiqxona barpo etdik. Asosan pomidor, bodring, piyoz, qalampir kabi aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur boʻladigan sabzavotlarni yetishtirish moʻljallanayotgan issiqxona qurilishi tugallanish arafasida. Yaqin kunlarda issiqxonada sabzavotlarni ekish ishlarini boshlaymiz.
Zamonaviy uslubda, ilgʻor innovatsion texnologiyalar asosida barpo etilgan issiqxonada yetishtirilgan sabzavotlar tumanimiz aholisi dasturxonini bezaydi va qoʻshni davlatlarga ham eksport qilinadi.
Jalgʻasbay BoymurOdov,
“Mangʻit Invest plyus” MChJ raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶