“Boʻzyop” ovulida bayram boʻldi
26-avgust kuni Boʻzyop ovulidagi Madaniyat va aholi dam olish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi. “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilgan ushbu bayram tadbirida ovul aholisi vakillari, qishloq xoʻjaligi, taʼlim va tibbiyot sohalari xodimlari, uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar ishtirok etishdi.
Bayram tadbirida Boʻzyop ovul fuqarolar yigʻini raisi Maqsud Yeshchanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gulasal Matyoqubova, ovul fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadryatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi Gulzoda Kobayeva va boshqalar soʻzga chiqishib, ovuldoshlari va tadbir mehmonlarini eng ulugʻ, eng aziz bayram – Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdilar.
Bayram tadbirida ovul Madaniyat uyi xodimlari tomonidan kuy, qoʻshiq va raqslar ijro etildi.
Ayniqsa “Qaynonalar Kengashi” aʼzosi Gulzoda Trekesheva tomonidan ijro etilgan Vatan haqidagi qoʻshiqlar bayram ishtirokchilariga juda manzur boʻldi.
Ovulda bayram shukuhi davom etayapti.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶