40-sonli maktabda oʻquvchilarga Prezident sovgʻasi – oʻquv anjomlari topshirildi (+Video)
Yangi oʻquv yili boshlanishi oldidan Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktab maʼmuriyati yangi ishlarni rejalashtirib, yuqori natijalarni qoʻlga kiritishni maqsad qilgan holda ish boshlamoqdalar.
- Joriy oʻquv yilidan boshlab taʼlim tizimiga kiritilayotgan yangiliklar bizni yanada samarali, fidoyilik bilan ishlashga undamoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq taʼlimi tizimini tubdan oʻzgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida oldimizga qoʻyilgan vazifalarni toʻliq bajarish uchun sidqidildan harakat qilamiz, - deydi maktab direktori, xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi deputati Sanobar Xoʻjamurotova.
Kecha - 3-sentyabr kuni maktabning 1-sinfiga qabul qilingan 100 dan ortiq oʻquvchilarga oʻquv qurollaridan iborat Prezident sovgʻasi topshirildi.
Bolajonlarning maktab deya atalmish qutlugʻ dargoh ostonasiga qadam qoʻyganidan naqadar xursand ekani ularning yuz-koʻzlarida aks etib turibdi. Ularni koʻrgan kishining qalbida shu baxtiyor kichkintoylar ichidan vaqti kelib ilm-fan sirlarini puxta egallagan, jamiyat va davlat ravnaqi yoʻlida xizmat qiladigan yetuk insonlar yetishib chiqishiga umid, ishonch uygʻonishi tabiiy.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶