SAYLOV KODEKSI LOYIHASI KENG MUHOKAMA QILINDI
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Özbekiston Respublikasining saylov Kodeksini işlab çiqiş va qabul qiliş vazifasini qöygan edi.
Şunga muvofiq va Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlaş maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalardan kelib çiqqan holda saylov Kodeksi loyihasi işlab çiqildi.
25-avgust kuni tuman hokimligida uşbu loyiha muhokamasiga bağişlab yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari A.Bayrieva, X.Yeşimbetov, Qoraqalpoq Davlat Universiteti professor-öqituvçisi M.Najimov sözga çiqib, saylov Kodeksi loyihasi ahamiyati va uning muhim jihatlari, saylov qonunçiligiga kiritilayotgan yangi qoidalar mazmun-mohiyati haqida batafsil söz yuritdilar.
Saylov Kodeksi loyihasida Özbekiston Respublikasining saylovlar böyiça amaldagi “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari töğrisida”gi, “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov töğrisida”gi, “Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşlariga saylov töğrisida”gi va “Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi töğrisida”gi Qonunlarni unifikatsiyalaş közda tutilganligi taʼkidlandi.
Hozirgi vaqtda loyiha Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Şuningdek, loyiha Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy saytida özbek va rus tilida ham joylaştirilgan. Saylov, Kodeksi loyihasi 2 qism, 18 bob, 100 moddadan iborat.
Özaro muloqot va fikr almaşiş şaklida ötkazilgan yiğilişda xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, siyosiy partiyalarning tuman Kengaşlari xodimlari, şuningdek, ötgan yillar davomida bölib ötgan saylovlarda okrug va uçastka saylov komissiyalari tarkibida iştirok etgan mutasaddilar Kodeks loyihasi böyiça öz takliflarini bildirib, özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob olişdi.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶